Nokia 6 (2018): arzon, kuchli smartfon taqdim qilindi

Nokia 6 (2018): arzon, kuchli smartfon taqdim qilindi

Finlyandiyaning HMD Global korporatsiyasi Ispaniyaning Barselonaga shahriga ancha-muncha yangi gadjet va ishlanmalari bilan tashrif buyurgan. Bu yerda kuni kecha 5 ta mobil aloqa vositasi, jumladan Nokia 6 (2018) qurilmasi ham taqdim qilindi.

Yangi devays ilg‘or texnik jihatlarga va nisbatan arzon narxga ega bo‘lgan. Devays qadoqdayoq Android Oreo operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Nokia 6 (2018) smartfoni 5,5 dyuymli, IPS matritsali ekranga ega bo‘lgan. Ekran tomonlarining nisbati avvalgi uslubni eslatadi: 16:9 standartli. Displeyning piksellar sig‘imi 1920 ga 1080 piksel (Full HD).

Devays 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessori bilan ta’minlangan. Uning chastota tezligi 2,2 GGs, tezkor xotirasi 3/4 gigabaytli, doimiy xotira sig‘imi - 32/64 GB. Shuningdek, microSD orqali doimiy xotirani 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Nokia 6 (2018) smartfoni bosh kamerasi 16 va old kamerasi 8 megapikselli. Mobil qurilmaning old kamerasi keng burchakda - 84 gradus ostida surat oladi.

Quvvatlash va ma’lumotlarni almashish uchun USB Type-C porti o‘rnatilgan. Devaysning akkumulyator batareyasining sig‘imi 3000 mA soat va u tezkor quvat oladi. Ya’ni, 60 daqiqada quvvatini to‘ldirib oladi.

Apparatning qolgan jihatlari qatorida barmoq izi skanerini, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC modulini, Wi-Fi 802.11n, Bluetooth 5.0, A-GPS va 4G (VoLTE) modullarini aytish mumkin. Nokia 6 (2018) smartfonida 3,5 mm standartidagi audio quloqchin tuynugi, FM-radio moduli ham saqlab qolingan.

Smartfon o‘lchamlari: 148,8 x 75,8 x 8,6 mm.

Nokia 6 (2018) ikki talqinda sotuvga chiqariladi: bir va ikkita SIM-kartali talqinda.

Smartfon Android 8.0 Oreo tizimi, aniqrog‘i Android One'ga ega bo‘lgan. Ya’ni, HMD Global kompaniyasi smartfon proshivkasi bilan shug‘ullanmaydi va buni Google amalga oshiradi.

Nokia 6 (2018) aprelda 300 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!