Nokia 6 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqmoqda

Nokia 6 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqmoqda

Nokia kompaniyasi 2017 yilning boshida Nokia 6 Android smartfonini taqdim qilgan edi. “Aqlli telefon” 5.5 dyuymli, Full HD sig‘imli, 2.5D Gorilla Glass himoya va bezak shishasi bilan qoplangan ekranga ega.

Unga Qualcomm’ning 8 yadroli Snapdragon 430 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira, microSD xotira bo‘lmachasi o‘rnatilgan. Smartfon Android Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Nokia 6 aloqaning bir qator, jumladan 4G LTE tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Unga Dolby Atmos ovoz uzatish texnologiyasi joriy qilingan. Smartfon sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan quvvat oladi, telefon barmoq izlari skaneriga ega.

Bosh kamera uchun 16 megapikselli sensor tanlangan. Undagi piksellar miqdori kamroq — 1 mikron, apertura hajmi esa f/2.0. Bosh kamrea 1080p sig‘imli videolar yoziladi. Old kamera uchun 8 megapikselli sensor tanlangan. Quyida Nokia 6 kamerasi olgan suratlardan namunalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarda Nokia 6’ning Xitoyda iyun oyidan $250 AQSh dollaridan sotilishi ma’lum qilingan edi. 13 iyunda tarqatilgan xabarlarda aytilishicha, smartfon xalqaro smartfon bozoriga ham sotuvga chiqariladi. Jumladan, gadjet birinchilardan bo‘lib Hindistonda 230 AQSh dollaridan sotila boshlaydi. Bu to‘g‘rida bugun —  13 iyunda Hindistonda o‘tkazilgan Nokia smartfonlari taqdimotida ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!