Nokia 7 Plus rasman taqdim qilindi

Nokia 7 Plus rasman taqdim qilindi

MWC 2018 anjumani doirasida finlyandiyalik HMD Global korporatsiyasi jamoatchilik e’tiboriga bir nechta mobil aloqa vositalari, jumladan Nokia 7 Plus modelini taqdim qildi.

Bu smartfon firma brendi ostida taqdim qilingan va romdan xoli dizaynga ega bo‘lgan, tomonlar nisbati 18:9 standartli ilk mobil aloqa vositasi. O‘rta narxli smartfon ko‘plab o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan.

Nokia 7 Plus smartfoni 6 dyuymli IPS-ekranga ega bo‘lgan. Uning piksellar sig‘imi 2160 ga 1080 ta belgiga teng, ya’ni FHD+. Smartfon korpusi keramikadan tayyorlangan.

Bosh kamera qo‘sh sensorli - 12 Mp aniqligida. Gadjetning old kamera sig‘imi 5 megapikselli. Old kamera keng burchakli, ya’ni 84 gradusli suratlar oladi. Kameralarda Zeiss optika brendi ishlab chiqargan modullardan foydalanilgan.

Platforma samaradorligi uchun 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori xizmat qiladi. Uning chastota tezligi 2,2 GGs.

Telefon 2 ta SIM-kartali. Nokia 7 Plus devaysida 4 GB operativ hamda 64 GB hajmidagi doimiy xotira mavjud. microSD yordamida xotirani 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Shu bilan birga, mobil aloqa qurilmasi A-GPS, Bluetooth 5.0 LE, Wi-Fi 802.11ac hamda NFC kabi zarur modullari bilan bemalol maqtana oladi.

Akkumulyator sig‘imi ham binoyi - 3 800 mA soat.

Korpusda 3,5 mm.li audio quloqchin porti, quvvatlash uchun USB-C porti mavjud.

Nokia 7 Plus modelining orqa panelida qo‘sh sensorli bosh fotokamera hamda uning ostida barmoq izi sensori bor.

Yangi gadjet ham Android One operatsion tizimiga ega bo‘lgan va qadoqdayoq «toza» Android 8.0 Oreo'da faoliyat ko‘rsatadi. Ya’ni, HMD Global'ga tegishli biror ilovaga ega emas. Operatsion tizim uchun Google to‘liq javobgar.

Nokia 7 Plus ilk marotaba Yevropada shu yilning aprelida 2 talqinda sotuvga chiqariladi. Ularning biri bitta SIM-kartali, ikkinchisi 2 ta sim-kartali bo‘ladi. Gadjetning eng arzoni uchun 500 AQSh dollari so‘ralmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.