Nokia 8110: qadrdon "banan" bozorga qaytdi

Nokia 8110: qadrdon

HMD Global kompaniyasi 25 fevraldan boshlab Barselonada o‘tayotgan MWC 2018 anjumani doirasida o‘zining taqdimotini o‘tkazdi. Unda Nokia 8 Sirocco flagmani bilan birga bizga yaxshi tanish bo‘lgan Nokia 8110 modelini ham qayta taqdim qilindi. Bu galgi model 4G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bizga ma’lum bo‘lgan "tugmacha" klavishli telefon LTE tarmog‘ida ishlashi bilan o‘ziga xosdir.

Bu model shunchaki oddiy klavishli telefondan farq qiladi. Ishlab chiqaruvchi Nokia 8110 4G'ni ko‘plab ilova va funksiyalar bilan "qurollantirgan". Natijada, mobil telefondan WhatsApp, Facebook hamda Twitter kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlarga ham kirish mumkin. Yangi tizim - YunOS operatsion tizimi telefondan Google Search, Maps va Assistant kabi xalqaro xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Nokia 8110 4G smartfonida 2,4 dyuymli, rangli IPS-ekran mavjud, bu displeyning piksel sig‘imi QVGA. Telefonga Qualcomm Snapdragon 205 chipseti, tok sig‘imi 1 500 mA soat bo‘lgan akkumulyator batareyasi, audio quloqchinlar uchun 3,5 mm.li port, 512 MB kattalikdagi operativ xotira, 4 gigabayt doimiy xotira mavjud.

Shuningdek, telefonda 2 ta SIM-karta hamda 1 ta flesh-xotira uchun ham bo‘lmacha bor.

Orqa paneldan 2 Mp aniqligidagi bosh kamera o‘rin olgan.

Aytib o‘tganimizdek, Nokia 8110 4G telefoni yordamida 4G tarmog‘ida ma’lumot almashish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining e’lon qilishicha, Nokia 8110 4G quvvatini to‘ldirib, 4G tarmog‘ida 9 soat beminnat ishlay oladi. Bu quvvat bilan unda 48 soat musiqa tinglash mumkin.

Erkin rejimda telefon 25 kun xizmat qilish qobiliyatiga ega. Sariq va qora rangdagi korpusda ishlab chiqariladigan Nokia 8110 4G telefoni 2-3 oydan so‘ng 80 yevro bahosida sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.