Nokia 8'ning narxi, taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

Nokia 8'ning narxi, taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

HMD Global kompaniyasi o‘zining navbatdagi matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilishni boshladi. Bu tadbirda kompaniya Nokia 8 flagmanini taqdim qilishni rejalashtirgan. Yangi smartfon namoyishi 16 avgust kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Insayderlarning "xizmati" bilan o‘quvchilarimizga yangi mobil aloqa vositasining render-suratlarini ham namoyish qilib kelmoqdamiz. Shuningdek, Nokia 8 narxi bilan bog‘liq navbatdagi ma’lumot ham internet tarmog‘ida e’lon qilindi.

Ruminiyaning  Vodafone Romania mobil aloqa operatori bir oz shoshqaloqlik qilib, o‘zining saytida Nokia 8'ning narx-navosini avvaldan ma’lum qilib qo‘ydi. Natijada, biz endi gadjetning Yevropada qanchadan sotilishini deyarli bilib oldik.

Demak, tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, Ruminiya smartfon narx-navosida G‘arbiy Yevropa qoidalariga amal qilishini inobatga olsak, Nokia 8 Yevropa smartfon bozorida 517,42 yevrodan sotiladi.

Nokia 8'ga xos jihatlar: 5,3 dyuymli QHD (2560x1440 pikselli) ekran, 4/6 Gb "operativka", 64/128 Gb doimiy xotira, Snapdragon 835 platformasi, 12 megapikselli old kamera, Carl Zeiss linzalariga ega 13 megapikselli qo‘sh ob’yektivli bosh kamera, Android 7.1.1 Nougat dasturiy ta’minot tizimi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!