Nokia 9: jihat va narxi, qo‘sh-ob’yektivda olingan ilk suratlar

Nokia 9: jihat va narxi, qo‘sh-ob’yektivda olingan ilk suratlar

Shu kunlarda HMD Global kompaniyasining Nokia smartfonlari qatorini yangi — Nokia 3, 5, 6 va yana 3 ta modellar bilan to‘ldirish harakatida yurgani to‘g‘risida ma’lumotlar quloqqa chalinmoqda. Xususan, ularning orasida “Nokia 9” nomli qimmat flagman ham bor. Fransiyalik internet-nashrda ushbu devaysning ilk suratlari e’lon qilindi. Suratlarda flagman jild ichida tasvirlangan.

Nokia 9 har biri 13 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘ladi. Ular uchun 2 ta svetodiodli fotochaqnoq ham ajratilgan. Korpusda universal USB Type-C porti, shuningdek 3,5 mm.li audiojek mavjud. Displey quyisidagi bosh tugmada barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Flagman korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan.


Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 5,3 dyuymli, yuqori — QuadHD piksel sig‘imli ekran, 4 gigabaytli tezkor va 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Nokia 9 smartfonida olingan ilk fotosurat namunalari ham e’lon qilingan. Flagmanning $700 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Quyida bu flagmanda olingan suratlarga baho bering.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.