Nokia bu flagmanini Yevropa uchun maxsus «kuchaytirib» chiqarmoqchi

  •   DiMaX
  •  1230
  •  25.09.2017 13:30

Nokia bu flagmanini Yevropa uchun maxsus «kuchaytirib» chiqarmoqchi

Tez orada – oktyabr oyidanoq Nokia 8 smartfoni Yevropada yaxshilangan konfiguratsiyada savdoga chiqariladi. Bu to‘g‘rida HMD Global kompaniyasi vakillariga tayangan holda Germaniyaning Winfuture resursi xabar bergan.

Taniqli brendning Nokia 8 flagmani joriy yilning 17 avgustida taqdim etilgan va 6 sentyabrdan rasman Germaniya hamda Avstraliyada sotuvga chiqarilgan edi.

Xabaringiz borki, standart Nokia 8 modeli 4 gigabaytlik tezkor va 64 gigabaytlik ichki flesh-xotiraga ega. Yangi talqinida aynan mana shu jihatlar kuchaytiriladi – ular tegishlicha 6 va 128 gigabaytlik hajmga ega bo‘ladi. Mazkur konfiguratsiyadagi flagman faqat bitta – jilodor moviy (Polished Blue) rangida taqdim etiladi. Qolgan xususiyatlari esa standart Nokia 8’nikidan farq qilmaydi.

Nokia’ning yangi talqindagi flagmani Yevropada (birinchi o‘rinda Germaniyada) 20 oktyabrda savdoga qo‘yiladi. Uning narxi 669 yevro qilib belgilanadi (standart – 4/64 gigabaytlik xotiraga ega Nokia 8 esa 579 yevroga baholangan). Yevropaning qolgan mamlakatlarda yaxshilangan Nokia 8’ning qachon savdoga chiqarilishi va qanday narx belgilanishi hozircha noma’lum.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!