Nokia’dan ikkita noma’lum smartfon

  •   Saroy
  •  878
  •  06.07.2018 12:23

Nokia’dan ikkita noma’lum smartfon

HMD Global kompaniyasi yaqinda Nokia 2.1, Nokia 3.1 va Nokia 5.1 smartfonlarini namoyish qildi va yana bir global versiya – Nokia X6’ ni taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Endi esa kompaniyaning yana bir nechta qurilmalari haqida turli mish-mishlar urchimoqda. 

O‘QING:Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi

Gap shundaki, yaqinda kompaniyaning ikkita smartfoni Eurasian Economic Commission (ECC) da sertifikatsiyadan o‘tdi. Ikkala model  ham 4 iyul kuni byuroning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. Hujjatda qayd etilishicha, yangi qurilmalar TA-1087 va TA-1119 kameralari bilan ta’minlangan. Afsuski, qurilmalarning muhim jihatlari, taqdimot sanasi va nima deb atalishi haqida hech qanday yangilik yo‘q.

Faqat ularning bittasi  Nokia 9 bo‘lishi mumkinligi haqida farazlar bor, chunki bu haqda yaqinda insayder Roland Kuant (Roland Quandt) yozgandi. Devays  Snapdragon 845 protsessori, romsiz OLED-displeyi va ekran ostida barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi.

O‘QING:Nokia X6 – ilk partiya o‘n soniyada sotilib ketdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!