Nokia kompaniyasi Digital Health bo‘limini sotib yubordi

  •   Saroy
  •  820
  •  01.06.2018 12:57

Nokia kompaniyasi  Digital Health bo‘limini sotib yubordi

Bundan uch oy burun Nokia kompaniyasi Digital Health (avval Withings edi) bo‘limini sotish bo‘yicha muzokara olib borayotgani haqida xabar tarqalgan edi.  Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga qaraganda, muzokaralar Google, Samsung va bir qator Fransuz kompaniyalari bilan olib borilgan. Natijada ushbu bo‘limni avvalgi xo‘jayini va asoschisi Erik Karrel (Éric Carreel) sotib olgan.

O‘QING: Nokia X6 – ilk partiya o‘n soniyada sotilib ketdi

Kuni kecha Finlandiya giganti oldi-sotti ishlari nihoyasiga yetganini rasman e’lon qildi. Hozircha uning tafsilotlari oshkor etilmayapti, ammo keyinchalik ma’lum qilinishi haqda va’da bergan. Bundan tashqari, yangi mulkdorning (aslida avvalgi mulkdor) yaqin orada biznesni yaxshilash va kelgusi rejalar haqidagi matbuotda chiqishi kutilmoqda.

Fransiyaning Withings’ kompaniyasini  Nokia 2016 yilda  170 mln yevroga sotib olgandi. Kompaniya fitnes va salomatlik uchun turli tuman gadjetlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanardi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti ro‘yxatida  «aqlli» tarozilar va tonometrlar ham bor edi. Kompaniyaning eng mashhur mahsulotlaridan biri shubhasiz,  klassik tashqi ko‘rinishga ega  Withings ActivitéActivité Pop i Nokia Steel HR  “aqlli” soatlari  bo‘lgan.

O‘QING: Nihoyat, Nokia ham iPhone X uslubidagi ilk smartfonini taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!