Nokia ertagayoq yangi smartfonini namoyish etmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1374
  •  18.10.2017 12:17

Nokia ertagayoq yangi smartfonini namoyish etmoqchi!

Garchi HMD kompaniyasi bu yil endi biror Nokia smartfonini taqdim etmasligi haqida mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, yilning oxirigacha u yana kamida bitta telefonini namoyish qiladigan ko‘rinadi. Kompaniya kechagina shu yilning 19 oktyabrida bo‘lib o‘tadigan tadbirini e’lon qildi, deb yozadi Phone Arena.

Ushbu tadbir Nokia brendining hozirgi sohibi vatani – Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Unda taqdim etiladigan Nokia smartfonini esa Xitoydagi yirik chakana savdo tizimlaridan biri orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Lekin, afsuski, ertangi bu marosimda HMD aynan qaysi modelni namoyish etmoqchi ekanligi haligacha noma’lum. Bu hozirgi flagman – Nokia 8 modelining yirik hajmdagi – 6 gigabayt tezkor xotiraga ega modifikatsiyasi yoki umuman yangi smartfon bo‘lishi ham mumkin.

Ta’kidlash kerakki, HMD kompaniyasi hozirda uchta – Nokia 9, Nokia 7 va Nokia 2 smartfonlarini tayyorlamoqda. Balki ertaga shulardan biri taqdim etilar – bundan boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Toshkent shahridagi «Malika» savdo markazida Nokia’ning ayrim hamyonbop telefonlariga so‘mda belgilangan narxlarni esa mana bu yerdan ko‘rib olishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!