Nokia Heart modelining texnik parametrlari ma’lum bo‘ldi

Nokia Heart modelining texnik parametrlari ma’lum bo‘ldi

Keyingi oyda HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostidagi Android smartfonlarni MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etishi kutishi kutilmoqda. Kompaniya ko‘rgazmada nafaqat flagman smartfonni, balki boshqa arzon va o‘rta narx segmentiga mansub modellarni ham taqdim etishni rejalashtirgan.

Ommabop GFX Bench benchmarkida kuni kecha kompaniyaning yangi smartfoni – Nokia Heart modeliga tegishli texnik parametrlar oshkor etildi, deb yozmoqda Gagadget nashri. Yangi apparat 5,2 dyuymli HD ekran, 8-yadroli protsessor, 2 GB operativ va 16 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Kameralar aniqligi 13/8 MP.

Hozircha qurilmaning  narxi va taqdimot sanasi noma’lum. Katta ehtimol bilan u fevral oyida MWC 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!