Nokia katta ekranli Android planshet tayyorlayapti

Nokia katta ekranli Android planshet tayyorlayapti

Bundan bir necha kun oldin Antutu benchmarkida Nokia D1C modeliga tegishli texnik ko‘rsatkichlar paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Biroq benchmarkda qurilmaning ekran kattaligiga doir ma’lumot berilmagani tufayli barcha nashrlar afsonaviy brendning yangi modelini smartfon deb taxmin qilishgan.

Bugun  GFXBench benchmarkida Nokia D1C  modeliga qarashli qo‘shimcha tafsilotlar oshkor etildi. Tafsilotlardan mazkur model Nokia‘ning Android bazasidagi smartfoni emas, balki katta planshet ekanligi ma’lum bo‘ldi. Gadjetga 13,8 dyuymli Full HD ekran, sakkiz yadroli 1,4 GGs chastotada ishlaydigan Snapdragon 430 protsessori, 3 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Model 16 MPli asosiy va 8 MPli old kameraga ega bo‘ladi. Qurilma Android 7.0 Nougat dasturida ishlashi kutilmoqda.

Hozircha planshetning qachon taqdim etilishi ma’lum qilinmagan.