Nokia Lumia 520 modeliga Android 7.1 Nougat dasturini o‘rnatishdi

Nokia Lumia 520 modeliga Android 7.1 Nougat dasturini o‘rnatishdi

Xabaringiz bor, Nokia Lumia seriyasidagi barcha smartfonlarga Windows Phone operatsion dasturi o‘rnatilgan. Hozirgi kunda bunday markadagi smartfonlar kundan-kunga kamayib bormoqda. Jumladan, yaqin orada Android dasturida ishlaydigan Nokia smartfonlari ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Barchani hayron qoldirishni istagan ba’zi dasturchilar 2013 yilda chiqarilgan Nokia Lumia 520 modeliga Android 7.1 Nougat operatsion tizimini o‘rnatib ko‘rishdi, deb yozmoqda Phone Arena sayti. Mazkur model sotuvga chiqarilganidan bir yil o‘tgach Windows Phone 8.1 versiyasiga yangilangan edi. Biroq unga hech qachon Windows 10 yangilanishi chiqarilmagan.

Tabiiyki, ushbu Windows-smartfonga o‘rnatilgan Android 7.1 Nougat dasturida smartfonning barcha funksiyalari ishlamaydi. Biroq “yashil odamcha”ning interfeys imkoniyatlarini sinab ko‘rish mumkin, albatta.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!