Nokia ringtoni — mobil aloqa ramzining tarixi

Nokia ringtoni — mobil aloqa ramzining tarixi

Adweek nashri Nokia ringtonining yaratilish tarixini yodga oldi. Ushbu ohang bugun sayyoramizda eng ko‘p jarang sochadi. Ekspertlar uning bu qadar ommalashuvning sabablarini ham o‘rganishgan.

13 notadan iborat Nokia ohangining mobil inqilobning saundtrekiga aylanganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. O‘tgan o‘n yillar davomida jahonning “1-” raqamli mobil telefon ishlab chiqaruvchisining telefonlaridan qishloqdagi oddiy dehqondan tortib, davlat rahbarlarigacha foydalanishdi.

Nyu-Yorklik Odri Arbini o‘zining Audiobrain ovoz yozish studiyasi tashkil etadigan “Musiqani taxmin qil” shousini o‘tkazish mobaynida auditoriyaga bir nechta musiqalarni qo‘yib eshittiradi.

«Odamlar Intel, NBC kabi brendlarning musiqasini bilmasligi mumkin, biroq men biror marta bo‘lsin, Nokia’ning ringtonini topa olmagan odamni eslay olmayman, — deydi Arbini.

Garchi, Microsoft korporatsiyasi 2013 yilda Nokia’ni $7,6 milliard dollarga sotib olgan bo‘lsa ham, jahonda ayni damda ham bu brendning foydalanilayotgan 1 milliard donaga yaqin telefonlarini topish mumkin. Bugun, Nokia ringtoni ilk marotaba yangraganidan 20 yil o‘tib ham, u har soniyada Yer sharining turli nuqtasida 20 ming marotaba yangrayotgan bo‘ladi.

2 ta 10 yillik — xit musiqalar safidan chiqib ketish uchun yetarli fursat. Qolaversa, uning original talqini 1902 yilda yozilganini inobatga olsak, uning qanchalar qulog‘imizga yaqin o‘rnashganini his qilish mumkin. Musiqa ilk marotaba ispan gitaristi Fransisko Tarrega tomonidan Gran Vals valsi nomi bilan ijro etilgan.

Nokia 1992 yilda bu klassik musiqadan bir parchasidan o‘z reklamasida foydalanadi. Ushbu Fragment kompaniyaning sobiq vitse-prezidenti Anssi Vanoki tomonidan tanlangan edi. Yillar o‘tib, Nokia 2110 telefoni taqdim etilgach, uning bosh ovozli signali sifatida Tarregi valsidan olingan ohang «Nokia tune nomi ostida tatbiq qilingan edi.

Chase Design Group dizayn studiyasi prezidenti Kris Louriga ko‘ra, Nokia ringtoni foydalanuvchilariga qurilmalarida shaxsiy aloqa o‘rnatish beminnat xizmat qilgan. Bu do‘stlik va hamkorlik ohangi edi.

Nokia ringtoni nafaqat kompaniya hayoti, butun boshli mobil sanoat va insoniyatning aloqa qurish madaniyatida muhim ahamiyat kasb etgan. Oradan qancha vaqt o‘tmasin, Nokia ringtoni musiqiy aloqa ramzi bo‘lib qoladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!