Nokia X5 (Nokia 5.1 Plus)ning rasmiy anonsi nega qoldirildi?

  •   Saroy
  •  869
  •  16.07.2018 11:15

Nokia X5 (Nokia 5.1 Plus)ning rasmiy anonsi nega qoldirildi?

HMD Global kompaniyasi  11 iyulda namoyish qilinishi rejalashtirilgan, lekin noma’lum vaqtga qoldirilgan yangi Nokia X5 smartfonining rasmiy taqdimoti haqida unitgani yo‘q.

Garchi, ishlab chiqaruvchining o‘zi rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, apparatni 17 iyulda namoyish etish belgilangani haqida  tarmoqlarda yozishmoqda. Yangi model dastlab Xitoyda Nokia X5 nomi bilan sotuvga chiqariladi, boshqa mamlakat bozorlarida esa u Nokia 5.1 Plus, deb nom oladi.

Eslatib o‘tamiz, apparat 11 iyul kuni rasman namoyish etilishi kerak edi. Ammo,  taqdimot marosimiga ikki soatcha qolganda, kompaniya jo‘yali bir sababni aytmay todbir noma’lum vaqtga qoldirilganini e’lon qildi. Kompaniya vakillari ushbu kutilmagan o‘zgarishni tadbir o‘tkaziladigan joy noto‘g‘ri tanlangani bilan izohlashgan. Lekin muxlislarning ta’kidlashicha, bunga  o‘sha kuni Pekinda qattiq jala qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Xitoyda Nokia X5, xalqaro bozorda Nokia 5.1 Plus nomi bilan chiqarilishi mo‘ljallangan ushbu apparat  5.86-dyuymli, 1520×720 formatli  HD+, tomonlar nisbati 19:9 bo‘lgan displey bilan ta’minlangan. Protsessori  2 GGs chastotali  (Media Tek Helio P60 bo‘lsa kerak). Apparat 6 GB tezkor va 32/64 GB ichki xotiraga ega, orqasida 13-megapikselli qo‘sh kamera bor, old kamerasi 8 megapikselli modul, akkumulyator sig‘imi esa  3000 mAch.

Apparatning 3+32 GB xotirali versiyasi 120 dollarga baholangan, 6 va 64 GB bo‘lgan versiyasi uchun esa 30 dollar ko‘proq to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.