Nokia X5 tavsifi: texnik jihatlari, xulosalar va foto

Nokia X5 tavsifi: texnik jihatlari, xulosalar va foto

Bir vaqtlar mobil telefonlar bozorini Nokia mahsulotlarisiz tasavvur qilish qiyin edi. Aksariyat o‘rta va katta yoshli avlodning «ko‘z ochib ko‘rgan» mobil telefonlari maydonga «aqlli» telefonlar kirib kelishi ortidan o‘tmishga aylandi. Biroq... Nokia yana safga qaytdi, qaytganda ham «lashkar to‘plab» qaytdi. U arzon, zamonaviy va ko‘p funksiyali mahsulotlarni birin-ketin omma e’tiboriga havola etib, ilk iliq e’tiroflarga ham qozonib ulgurdi. Navbatdagi tahlilimiz uning arzon smartfonlar sigmentidagi Nokia X5 (Nokia 5.1 Plus) modeli haqida.

Texnik jihatlari

  • Model: X5
  • Chiqqan sanasi: 2018 yil iyul
  • Platforma: Android 8.1 Oreo, Android 9.0 Pie OS
  • Protsessor: MediaTek Helio P60 (4 yadroli  Cortex-A73 CPU (2 GGs) va 4 yadroli Cortex-A53 CPU (2 GGs), 64 bit
  • Grafik chip: Mali-G72 MP
  • Tezkor xotira: 3/4 GB
  • Doimiy ichki xotira: 32/64 GB
  • Xotirani kengaytirish bo‘lmachasi: MicroSD (256 GBgacha)
  • Displey: IPS, diagonali 5,86 dyuym, aniqligi HD+ (1520 x 720 pikselli, 19:9), 2.5D effektli himoya shishasi
  • Interfeyslar: Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.2 adapterlari, barmoq izi skaneri, GPS, FM-tyuner, USB Type-C porti va quloqchinlar uchun 3,5 millimetrlik chiqish tuynugi
  • Datchiklar: akselerometr, tashqi yorug‘lik datchigi, kompas/magnitometr, giroskop, oraliq-masofa datchigi va barmoq izi sensori
  • Smartfonni ochish: barmoq izi skaneri, Face Unlock
  • Orqa kamera: asosiy kamera — 13 Mp, f/2.0, PDAF, LED-chaqnoq; yordamchi kamera: 5 Mp, f/2,2 | 20 Mp, f/1,7
  • Old kamera: 8 Mp, f/2.2
  • Tarmoq: 2G, 3G va 4G, TDD-LTE
  • Navigatsiya: GPS/GLONASS/BDS/Galileo, A-GPS
  • SIM-karta: dual-SIM (Nano-SIM + Nano-SIM/microSD), Dual Standby
  • Akkumulyator: 3060 mA*s, Li-Poly, 5V/2A quvvatlagich
  • Rang: qora, oq, ko‘k
  • O‘lchamlari: 149,51 x 71,98 x 8,096 mm
  • Vazni: 160 g

Dizayn

Old panel deyarli to‘liq displey bilan qoplangan. Uning chap va o‘ng tomoni qariyb romsiz, displeyning yuqorisidan esa kamera va datchik uchun kichik bo‘lmacha ajratilgan. Orqa tomonida esa vertikal qo‘sh kamera hamda yorug‘lik diodli chaqnoq o‘rin olgan.

O‘ng yon tomonida ikkita sim karta yoki bir sim karta va bitta xotira kartasini joylashtirish uchun bo‘lmasi mavjud. Chap yonda esa ovoz va o‘chirib-yoqish tugmachalari o‘rin olgan. Quloqchin uchun 3,5 mm chiqish tuynugi smartfonning tepa qismiga o‘rnatilgan bo‘lsa, quyi qismidan

«Orqaga», «Boshi» va «Oxirgilar» sensorli tugmachalari («uchburchak», «doira» va «kvadrat» piktogrammalari) ekranning quyi qismiga joylashtirilgan. Old panelning eng quyi qismida, displey ostida esa Nokia logotipi tushirilgan.

Smartfon ostki qismida USB Type-C (USB 2.0) chiqish tuynugi va dekorativ panjarali «multimediya» karnayi hamda suhbatlashish uchun teshikcha mavjud.

Shishali orqa panelga yana bir bor Nokia logotipi tushirilgan. Undan quyidagi yozuvdan bilish mumkinki, mazkur model Finlyadiyaning HMD Global kompaniyasi tomonidan tayyorlanib, Xitoyda ishlab chiqarilgan. Bunda smartfon Android One dasturi doirasida ishlab chiqarilgan.

Nokia 5.1 Plus korpusining shishadan tayyorlangani, garchi unga o‘zgacha qiyofa baxsh etsa ham, silliq va sirpanchiqligi bois foydalanuvchilarni silikonli jild yoki boshqa ehtiyot choralarini ko‘rishga chorlaydi.

Ekran

Diagonali 5,86 dyuymli (14,88 sm) smartfonning displeyi old panelning 79,5 foizini egallagan. Aniqligi HD+ (1520 x 720 piksel) bo‘lgan holatda bir dyuymda piksellar zichligi 287 ppi`ga yetadi. Ekran 2.5D effektli Curved Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Ekran 16,7 millionta rangni ko‘rsata oladi.

Yorug‘lik darajasini qo‘lda yoki avtomat ravishda sozlash mumkin. MultiTouch Tester dasturi ekran bir vaqtda o‘nta barmoq «payqash» xususiyatiga ega ekanini ko‘rsatdi. «Tungi rejim» ko‘zlar zo‘riqishining oldini oladi. Bunda ko‘zlarni charchatib qo‘yuvchi moviy rang darajasini qo‘lda sozlash kerak bo‘ladi. Sozlamalarda ekran yorug‘ligini unga ikki marta urib qo‘yish bilan amalga oshirish taklif etiladi. 2.5D effektli himoya shishasiga barmoq izi va boshqa dog‘lardan himoyalovchi oleofob qoplama surtilgan.

Kameralar

Orqa foto-modul yorug‘lik diodli chaqnoq va ikkita kamerani o‘z ichiga oladi – asosiy va yordamchi. Asosiy kamera f/2.0 diafragma va avtofokusli 13 megapikselli sensor, yordamchi kamera esa 5 megapikselli datchik bilan ta’minlangan. Tasvirlarning eng yuqori sig‘imi kadr tomonlari mutanosibligi 4:3 bo‘lgan holatda 4160x3120 nuqtani (13 MP) tashkil etadi.

Old kamera f/2.2 diafragmali 8 megapikselli sensor bilan ta’minlanib, tomonlar proporsiyasi 4:3 bo‘lgan «klassik» sozlamada eng yuqori 3264x2448 pikselli (8 MP) tasvirlarni xotiraga muhrlaydi (avtofokus yo‘q).

Sun’iy intellekt orqa fonni yengilgina xiralashtirish, portret yoritish funksiyasidan foydalanish va tasvir sifatini oshirishga yordam beradi. Sun’iy intellekt selfi-kamerada olingan tasvirlar sifatini yaxshilash uchun ham qo‘llaniladi.

Asosiy kamera soniyasiga 30 ta kadrdi Full HD-sifatdagi (1920x1080 piksel, 16:9) videolarni olish imkoniyatga ega. Old kamera HD (1280x720@30 fps, 16:9) format bilan cheklangan. Sozlamalarda tasvirni tezlashtirish (1920x1080 piksel) va sekinlatish (1280x720) funsiyalari ham o‘rin olgan. Kontent MP4 (AVC — video, AAC – ovoz) fayl-konteynerlariga saqlanadi.

Samaradorligi

Nokia X5 «kapoti ostida» 12 nanometrli yangi MediaTek MT6771 (Helio P60) protsessori joylashtirilgan. Unda 8 yadroli 1,9 GGs gacha chastotali ARM Cortex-A73 va ARM Cortex-A53 kvartetlari qo‘llanilgan. Grafik tasvirlarni qayta ishlash uchun esa uchta blokli ARM Mali-G72 MP3 (800 MGs) tezlatkich o‘rnatilgan.

NeuroPilot AI texnologiyasi sun’iy intellekt bilan bog‘liq operatsiyalarni tezlashtirishga mas’ul bo‘lsa, CorePilot 4.0 energiya sarfini optimallashtiradi. Darvoqe, Helio P60 protsessorlari Helio P lineykasidagi mavjud tizimlar ichida eng energosamaradori bo‘lib, deylik, Helio P23 ga nisbatan ishlash samaradorligi 70 foizga ortiqroq, ammo 12 foiz kamroq energiya talab qiladi. Kristallar Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.2, FM-tyuner, GPS/GLONASS/BDS, Dual 4G VoLTE va boshqalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Benchmarklarda o‘tkazilgan test natijalaridan ko‘rinib turibdiki, Nokia 5.1 Plus samaradorligi, masalan, Nokia 3.1 ga nisbatan ikki barobarga yuqoriroq. Umuman olganda esa, natija o‘rtacha.

Nokia 5.1 Plus smartfoniga 32 GB ichki xotira o‘rnatilgan bo‘lib, uni microSD/HC/XC xotira kartasi yordamida 256 GB gacha kengaytirish mumkin. Uning uchun alohida bo‘lma ochilmagan va ikkinchi sim-karta o‘rniga joylashtirish mumkin. USB-OTG texnologiyasi uskunaga USB-fleshkalarni ulashga imkon beradi.

Avvalgi Nokia 3.1 kichik modelda NFC texnologiyasi qo‘llanilganiga qaramasdan, yangi smartfon aloqasiz to‘lov texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Batareya

Nokia X5ga olinmaydigan 3 060 mA*s lik akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, Nokia 5.1 (2 970 mA*s) modeliga nisbatan bir oz kattaroq. Yangi uskunada tezkor quvvatlash ko‘zda tutilmagan, shu boisdan odatiy (5 V/2 A) quvvatlagich yordamida batareyani to‘ldirishga to‘g‘ri keladi. To‘liq yorug‘likda MP4 formatidagi HD sifatli videolarni tinimsiz ravishda 7,5 soatdan sal ko‘proq vaqt tomosha qilsa bo‘ladi.

Smartfon avtonomligini oshirish uchun akkumulyator quvvati 15 yoki 5 foiz qolganda energiyani tejash rejimiga avtonom o‘tish funksiyasini faollashtirish mumkin.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

terashop.uz UZS 1 249 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!