Nokia yangi smartfonlarining taqdimot kunini rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1426
  •  25.01.2019 17:11

Nokia yangi smartfonlarining taqdimot kunini rasman e’lon qildi

Ko‘pdan beri kutilayotgan Nokia 9 PureView smartfoni Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasida namoyish etilishi taxmin qilinayotgan edi. Bugun shuning rasmiy isboti chiqdi – HMD Global ushbu tadbirda qatnashishini ma’lum qildi.

O‘QING: Nokia smartfonlarining Android 9.0 Pie’gacha yangilanish grafigi bilan tanishing!

Aniqrog‘i, HMD Global bosh direktorining o‘rinbosari Yuxo Sarvikas (Juho Sarvikas) buni o‘zining Twitter-akkaunti orqali e’lon qildi.

Sarvikasga ko‘ra, MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida, uning nolinchi kuni – 24 fevral sanasida HMD Global kompaniyasi taqdimot marosimini o‘tkazadi. Unda Nokia 9 PureView  flagmanidan tashqari, yana Nokia 8.1 Plus hamda Nokia 6.2 modellari ham namoyish etilishi kutilmoqda. Shuningdek, brendning eski muxlislarini ham e’tiborga olgan holda, ayrim klassik Nokia telefonlarini ham yangicha talqinda taqdim etishsa kerak.

Ayrim kuzatuvchilarning  taxminiga ko‘ra, Nokia 9 PureView kamerofoniga imkon qadar ko‘proq e’tiborni jalb etish uchun, kompaniya uni Mobile World Congress 2019 tadbiridan ham oldin, alohida taqdimot marosimida namoyish qilishi ham mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da yangilik: Sony, Philips, HTC va Nokia telefonlarining narxlari (2019 yil 21 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!