Nomu S10/S20/S30 smartfonlarini 36 soatga muzlatib qo‘yishdi (video)

Nomu S10/S20/S30 smartfonlarini 36 soatga muzlatib qo‘yishdi (video)

Xitoylik blogerlar o‘zining kuchli korpus himoyasi bilan yaxshi tanilgan Nomu smartfonlarini 36 soat davomida muzlatgan holda sinovdan o‘tkazishdi. Smartfonlar mazkur sinovga qiyinchiliksiz dosh berishgan. Biroq bunday “vahshiylik”dan keyin telefonlar yana qancha “umr ko‘rishi” noma’lum.

Modellarning texnik parametrlari ham yomon emas. Ularning orasida eng kattasi bo‘lgan Nomu S30 modeli 5,5 dyuymli Full HD ekran, Mediatek Helio P10 protsessori, 4/64 GB xotira va 5000 mA/soat sig‘imidagi batareya bilan jihozlangan. Nomu S20 esa 5 dyuymli HD  ekran, 3/32 GB xotira va 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Modellar qatorida eng arzon smartfon Nomu S10 HD  ekran va 2/16 GB xotira bilan ta’minlangan. Batareyasining sig‘imi 5000 mA/soat

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.