Not-eReader: monitor-planshet, e-ink displeyi ham bor

  •   Saroy
  •  490
  •  19.10.2018 10:58

Not-eReader: monitor-planshet, e-ink displeyi ham bor

Xitoyning Dasung kompaniyasi noodatiy qurilmani namoyish qildi. U “elektron qog‘ozdagi” planshet bo‘lib, bir yo‘la monitor vazifasini ham o‘taydi.  Gadjetga Not-eReader, deb nom berishdi, chunki u mutoala qilish uchun emas balki, aynan planshet.

Oq-qora planshet   diagonali 7,8 dyuymli displeyga ega. Formati 1440×1880 pikselli. Bu e-ink matritsa bo‘lib, o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. U normal yorug‘lik bo‘lgan xonada chiroq yoqmasa ham ishlay oladi. Bunday qurilma ekran yangilanishning past chastotasiga ega, shu bois uni odatda elektron mutoala uchun ishlatishadi.

O‘QING:Nima sababdan monitor ishlamaydi?

Not-eReader uchun Dasung kompaniyasi maxsus chip ishlab chiqardi. U ekran yangilanishi chastotasini keragicha oshiradi. Ixtirochilarning ta’kidlashicha,  e-ink’li planshetda  video ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

Planshet 2 GB OZU va noma’lum to‘rtyadroli protsessor bilan eski Android 6.0 Marshmallow’da ishlaydi. Uni Android’da oddiy planshet qilib ham ishlatsa bo‘ladi yoki kompyuter va smartfon uchun monitor sifatida ham foydalansa bo‘ladi.

Ushbu planshetning narxi hali oshkor etilgani yo‘q. Narx va boshqa tafsilotlar  Indiegogoda Not-eReader uchun kraudfanding kampaniyasi ishga tushirilganda aytiladi, deyilmoqda ushbu xabarda.

O‘QING:Apple monitor ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.