Nothing eng katta smartfon bozori hududiga kira olmaydi

Nothing eng katta smartfon bozori hududiga kira olmaydi

Ushbu voqea kutilgan edi, endi rasman ma’lum bo‘ldi: Nothing phone (1) AQSh hududida sotilmaydi. Kecha phone (1)'ning 100 ta cheklangan versiyasi kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Ularning hech biri Shimoliy Amerikadagi mahalliy operatorlarni qo‘llab-quvvatlamasligi ma’lum bo‘ldi. 

«Biz phone (1) modelini dunyoning barcha hududlariga yetkazmoqchi bo‘lsak-da, asosiy e’tiborni ichki bozorlarga, jumladan, Buyuk Britaniya va Yevropaga qaratmoqdamiz, bu yerda biz yetakchi mahalliy operatorlar bilan hamkorlik qilamiz. Ma’lumki, smartfonni ishga tushirish uchun uning mamlakatdagi uyali texnologiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishinidan tortib, aloqa operatorlari bilan hamkorlikgacha bo‘lgan harakatlar ko‘p vaqt talab etadi va biz hali yosh brend bo‘lganimiz sababli, bu borada strategik harakatlarni amalga oshirishimiz kerak», - dedi Nothing, PCMag'ga bergan bayonotida.

Verizon operatori qora ro‘yxatda bo‘lgan smartfonlarga o‘zining tarmog‘idan foydalanishga imkon bermaydi. AT&T ham o‘zining tarmog‘idan foydalanish uchun faqat ruxsat etilgan smartfonlarga beradi. 

T-Mobile esa ochiqroq operator, lekin u Yevropa operatorlari kabi bir xil diapazonlardan foydalanmaydi, shuning uchun tarmoq qamrovi noaniq bo‘ladi.

Kompaniya kelajakda AQShda o‘z smartfonini sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq bu uchun kompaniya birinchi navbatda kamida bitta yirik operator bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak. Nothing asoschisi Karl Pei buni avval ham uddalagan, OnePlus 6 smartfoni AQSh va Kanadada bir nechta operatorlarni qo‘llab-quvvatlagan holda sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nothing Phone (1) smartfonining taqdimoti 12 iyulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

O‘QING: realme kompaniyasi 100 dollarlik smartfonni taqdim etdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!