Noutbuk bilan ham selfi qilish mumkinligini isbotlashdi

Noutbuk bilan ham selfi qilish mumkinligini isbotlashdi

O‘ylaysizki, eng yaxshi selfilar faqat smartfonga o‘rnatilgan selfi-stik orqali olinadi?! Shundaymi? Biroq amerikalik Tom Gell, Jon Yuy va Moyses bunday fikrga qo‘shilmaydi. Shuning uchun MacBook yordamida ham chiroyli selfi qilish uslubini o‘ylab topishdi.

Kashfiyotchilar Macbookselfiestick saytiga MacBookdagi selfi-stik yordamida Nyu-York markazida rasmga tushayotganlar fotolari joyladi. Unda uzun metall tayoqcha yordamida noutbukda, an’anaviy tabassum bilan selfi olayotgan odamlar tasviri aks etgan.

Smartfon, nari borsa, 200 gramm, MacBook esa bir kilogrammga yaqin. O‘zingiz bundan ma’lum xulosa chiqarib ulgurdingiz, to‘g‘rimi?! Gap uslubning qulay yoki noqulayligida emas. Kashfiyotchilarning bu urinishi shunchaki ijodiy loyiha va MacBook uchun o‘ylab topilgan monopod savdo maqsadlariga ham mo‘ljallanmagan.

Loyihaning maqsadi MacBook bilan selfi qilish absurd tushuncha emasligini isbotlash bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!