Noutbuk bozorining yetakchi kompaniyalari e’lon qilindi

Noutbuk bozorining yetakchi kompaniyalari e’lon qilindi

TrendForce tadqiqot resursining ma’lumotiga ko‘ra, 2016 yilning birinchi yarmida jahonda jami 74,18 mln dona noutbuk sotilgan. Bu o‘tgan yil shu muddatida kuzatilgan ko‘rsatkichdan 4% ga kamdir.

Analitiklar tuzgan reytingda Xitoyning Lenovo kompaniyasi sotilgan noutbuklar soni bo‘yicha jahonda yetakchilikni saqlab qolgan. Kompaniya birinchi yarim yillik davomida 16,15 mln dona noutbuk sotgan va uning dunyo bozoridagi ulushi 21.8 foizni tashkil qilgan.

Ikkinchi o‘rinni  HP (Hewlett-Packard) kompaniyasi band etdi. Jadvaldan kompaniya jahonda jami 15.8 mln dona noutbukni o‘z egalariga yetkazib, bozorning 21.3 foiziga egalik qilganini ko‘rish mumkin. Uchinchi o‘rinda Dell (15,3%), undan keyingi o‘rinlarni esa Asus (10,9%) va Apple (7,9%) kompaniyalari izma-iz kelishmoqda. Ma’lumot uchun yil davomida MacBook noutbuklariga bo‘lgan talab 23.4 foizga kamaygan. Bunday raqamlar Apple bozordagi o‘z pozitsiyasini qo‘ldan berayotganidan dalolat beradi. Agar ish shunday davom etsa, Tayvanlik Acer yaqin kelajakda Appleni ortda qoldirishi mumkin.

 

 

 

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!