Nubia Red Magic 7 smartfonining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Nubia Red Magic 7 smartfonining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Bir necha oydan beri ko‘pchilikning diqqat e’tiborida bo‘layotgan Red Magic 7 qurilmasining qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi. 

Kompaniyaning rasmiy bayonotiga ko‘ra, smartfon 17 fevral Xitoy vaqti bilan soat 15:00 taqdim etiladi. 

Nubia'ning Weibo platformasidagi posterida “seriya“ yozuvini ko‘rish mumkin. Demak, tadbirda bittadan ko‘p smartfon taqdim etiladi. 

Red Magic 7 modeli TENAA tomonidan sertifikatlangan bo‘lsa, Pro model 3C tomonidan sertifikatlandi hamda ushbu model 165 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlanishi ma’lum bo‘ldi. 

Shuningdek, ikki qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi hamda ekranosti selfi kamerasiga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Redmi 10 (2022) GeekBench'da testdan o‘tdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!