Nubia S18 flagmani Mi Mix 2S’dan tezkorroq, Galaxy S9+’dan zo‘rroq!

  •   DiMaX
  •  1734
  •  30.05.2018 18:10

Nubia S18 flagmani Mi Mix 2S’dan tezkorroq, Galaxy S9+’dan zo‘rroq!

O‘tgan oyda xitoyliklar ZTE korporatsiyasi subbrendining Nubia S18 mini modelidagi smartfonini ko‘rsatishgan edi. Kuni kecha esa ushbu qurilmaning «aka»si – hali taqdim etilmagan Nubia S18 smartfoni AnTuTu benchmarkida tekshiruvdan o‘tgani aniqlandi.

O‘QING: ZTE 10/256 GB xotirali fantastik smartfon tayyorlamoqda! (+video)

Aytish kerakki, Nubia S18 flagmani AnTuTu benchmarkida naq 280 085 ball to‘play olgan. Bu esa ayni damgacha eng kuchli smartfonlardan bo‘lib kelayotgan Xiaomi Mi Mix 2S (273 741) hamda ASUS Zenfone 5Z (274 499) smartfonlari ko‘rsatkichlaridan yuqori. Ushbu uchala flagman ham Snapdragon 845 protsessori va 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydi.

Smartfon 24 megapikselli kameraga ega bo‘lsa zo‘r-a? Masalan, hozirda eng ilg‘or flagmanlardan sanalmish Galaxy S9+ modelining kamerasi har biri 12 megapiksellik ikkita ob’yektivni o‘z ichiga olgan. Unda Nubia S18 bu jihatdan ikki karra zo‘r – uning asosiy kamerasi har biri 24 megapikselli ikkita modulga ega! Selfilar uchun esa unga 8 megapikselli old kamera o‘rnatilgan.

O‘QING: Top-10: Eng qudratli Android-smartfonlar (AuTuTu talqini)

TENAA ma’lumotlariga ko‘ra, Nubia S18 ekranining o‘lchami diagonaliga 5,99 dyuymni tashkil etib, tasvir sifati bo‘yicha FullHD formatida. Shuningdek, unga Full View 3.0 turiga mansub displey o‘rnatilishini ham aytishayotir.

Nubia S18 smartfonining «quvvat toshi» 3350 mA/soat tok sig‘imiga ega, bu gadjet Android 8 Oreo tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydigan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Uning korpusida 3.5 millimetrlik quloqchin tirqishi, orqa panelida barmoq izi skaneri bo‘lishi kutilmoqda.

Nubia S18 flagmanining taqdimot sanasi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, ammo ushbu brendning o‘yinbop smartfoni singari, uning ham juda xaridorgir bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Ilk partiyasi atigi 37 soniyada sotib tugatilgan smartfon!