Nubia Z11 Max: innovatsiya doirasidagi fablet savdoga chiqarildi

Nubia Z11 Max: innovatsiya doirasidagi fablet savdoga chiqarildi

ZTE kompaniyasi o‘zining navbatdagi Nubia Z11 Max fabletini rasman namoyish qildi. Mazkur gadjet Xitoy va xalqaro smartfon bozorida Xiaomi Max fableti bilan raqobatga kirishadi.

Smartfon metall korpusga ega bo‘lib, ekran atrofi 2.5D turidagi shisha hoshiya bilan o‘ralgan. Bungacha kompaniya aprelda Nubia Z11 Mini’ni modelini namoyish qilgan edi.

6 dyuymli smartfon Super AMOLED ekran, Full HD (1920 x 1080 pikselli) sig‘imli namoyish bilan ta’minlangan. Ekran Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasiga ega.

Gadjet  4 GB tezkor xotira, 1,8 GGs chastotada ishlaydigan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 652 protsessorida ishlaydi. Fabletning doimiy ichki xotirasi 64 GB. Shuningdek, microSD xotira bo‘lmachasi yordamida uning xotirasini 256 GB.gacha oshirish mumkin.

ZTE Nubia Z11 Max 16 MP bosh va 8 MP old kameralarga ega. Bosh kamera fazali avtofokus, LED fotochaqnoqqa hamda bir qator innovatsiyalarga ega.

Mobil aloqa vositasining akkumulyatori 4000 mA soat elektr toki sig‘imiga ega. Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy qilingan quvvat toshi 30 daqiqada 83 %ga to‘ladi.

Smartfon orqa panelidan barmoq izlari skaneri joy olgan. Aloqa vositasi  LTE va VoLTE, Bluetooth 4.1, Wi-Fi, GPS, NFC va FM-radio mobil aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilma interfeysida USB Type-C porti mavjud. Fablet Android 5.1.1 Lollipop’ning moslashtirilgan talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Fablet bo‘yiga 159,1 mm, eniga 82,2 mm bo‘lib, qalinligi 7,4 mm, vazni 185 gramm.

Kulrang, tillarang va kumush rang korpusli talqinda taqdim etilgan ZTE Nubia Z11 Max 16 iyundan boshlab Xitoy bozoriga 304 AQSh dollari narxida Xitoyda sotuvga chiqarildi.

18 iyun kuni savdoga fabletning futbolchi Krishtianu Ronaldu faoliyatiga bag‘ishlangan Cristiano Ronaldo Collector’s Edition talqini sotuvga chiqadi. Bu maxsus talqin bahosi $349 dollar bo‘lib, uning orqa paneli va mavzuli oboylarida braziliyalik sportchi suratlari tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, bu talqin xaridoriga Ronaldo himoya chexoli, selfi-tayoqchasi ham taqdim qilinadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!