Nubia Z17 Lite: o‘rta narxli serhasham smartfon taqdim qilindi

Nubia Z17 Lite: o‘rta narxli serhasham smartfon taqdim qilindi

Pekinda o‘tgan tadbirda  ZTE sub-brendi bo‘lgan Nubia o‘rta narxli, shu bilan birga, flagmanga xos jihatlarga ega bo‘lgan yangi – Nubia Z17 Lite smartfonini namoyish qildi. Devays Android 7.1.1'ning o‘zlashtirilgan Nubia UI 5.0 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Smartfon 5,5 dyuymli, FHD sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. Har dyuymdagi piksellar miqdori 401 ta. Shuningdek, Gorilla Glass himoya shishasi yotqizilgan ekran ustiga 2.5D effektiga ega bezak shishasi qoplangan.

Platforma samaradorligi 64 bit va 8 yadroli Snapdragon 653 chipiga bog‘liq. Uning chastota tezligi 2 Ggs. Grafik-tasvirlarni Adreno 510 video-kartasi qayta ishlaydi. Gadejtning tezkor xotirasi 6 gigabaytli. Doimiy xotira esa talqiniga ko‘ra 64 yoki 128 GB.

Nubia Z17 Lite'ning bosh kamerasi qo‘sh sensorli: 2 ta 13 megapikselli Sony IMX258 (oq-qora + rangli) modullari. Asosiy kamera fazali avtofokus funksiyasiga ega bo‘lgan. Selfi kamera uchun 16 megapikselli sensor tanlangan.

Devays batareyasi 3200 mA soat tok sig‘imiga ega bo‘lgan. Akkumulyator Quick Charge 3.0 texnologiyasi yordamida tezkor quvvat oladi. Smartfonda NFC moduli ham mavjud.

2 SIM-kartali Nubia Z17 Lite aloqaning WiFi, 3G, HSPA+, LTE, Bluetooth 4.2, FM Radio, NFC, GPS, A GPS tarmoqlarida ishlaydi. Unga barmoq izlari skaneri, Smart PA audiochipi, akselerometr, giroskop, oraliq-masofa, kompas, yorug‘lik sensorlari o‘rnatilgan.

Nubia Z17 Lite metall korpusda qora, qora-oltin, ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Mobil aloqa vositasining 6 + 64 GB talqini $378, 6 + 128 GB talqini $455 dollardan 6 sentyabrda sotuvga chiqariladi.