Nubia Z17 mini S: 4 kamerali, boshlang‘ich narxli smartfon taqdim qilindi

Nubia Z17 mini S: 4 kamerali, boshlang‘ich narxli smartfon taqdim qilindi

Nubia Z17S flagmani bilan birga, 12 oktyabrda yana bir -- o‘rta narxli Nubia Z17 mini S smartfoni ham taqdim qilindi. Devays jihatlari uning narxi bilan solishtirilganda, diqqatga sazovor xususiyatlarga guvoh bo‘lish mumkin.

Nubia Z17 mini S gadjeti 5,2 dyuymli FHD ekranga ega bo‘lgan va Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan. Korpus shishadan tayyorlangan hamda metall rom bilan o‘rab olingan.

Devays samaradorligi yap-yangi va flagman chiplardan bir oz orqada bo‘lgan Snapdragon 653 protsessori, Adreno 510 video-kartasi, X9 LTE mobil aloqa modemi, 6 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga bog‘liq. Doimiy xotirani kengaytirishning iloji yo‘q.

Bosh kamera uchun Sony'ning 13 megapikselli IMX258 rusumli 2 ta sensorlaridan foydalanilgan. Ulardan biri rangli, boshqasi esa oq-qora ko‘rinishda suratga oladi. Yorug‘lik taqsimoti uchun f/2.2 standartidagi diafragma mas’ul. Ya’ni, Z17S flagmanidagi f/1.8 hajmli bilan solishtirsa, yorug‘lik moslamasi bir oz orqada.

Biroq, Nubia Z17 mini S old kamerasi ham qo‘sh sensorli: 16 + 5 Mp (f/2.0 + f/2.2). Garchi, old fotochaqnoq bo‘lmasa ham, suratga olish vaqtida displey yoritish vositasiga aylanadi.

Bu "aqlli telefon"da NFC va USB Type-C portlari bo‘lsa-da, flagman talqini kabi, u ham 3,5 mm.li audio portdan mahrum bo‘lgan. Nubia Z17 mini S batareyasining sig‘imi 3200 mA soat.

Smartfon Wi-Fi (2,4/5 GGs) va Bluetooth 4.1 tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi. O‘lchamlari: 147,5x71,2x7,6 mm, vazni -- 155 gramm.

Nubia Z17 mini S qora-tillarang, tim ko‘k va moviy rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Uni 19 oktyabrdan $305 dollardan xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!