Nuvi – uxlashga yordam beradigan aqlli niqob

Nuvi – uxlashga yordam beradigan aqlli niqob

Nuvi startapining mualliflari shu nomli niqobni ishlab chiqarish uchun keragidan 17 marta ortiq bo‘lgan mablag‘ni to‘plashga erishdilar. Uxlashga yordam beradigan mazkur niqob tashqi yorug‘lik va shovqinlarni bloklashga xizmat qiladi.

IXBT nashrining ma’lum qilishicha, niqobda oltita rejim ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular orasida hatto ish jarayonida kuch yig‘ishga ko‘maklashadigan dastur ham mavjud. Bundan tashqari, yana bir rejim aviaparvozlar paytida boshqa vaqt mintaqalariga moslashishga imkon beradi. Mobil qurilma, svetodiod va dinamik bilan ulanish uchun niqobga Bluetooth moduli o‘rnatilgan.

Niqob Android va iOS platformalarida ishlaydigan mobil ilova yordamida boshqariladi.

Nuvi niqobini 2017 yil yanvar oyida sotuvga chiqarish rejalashtirilgan. Tavsiya etilgan narxi taxminan 45 dollar atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.