NVIDIA Shield TV o‘yin konsoli endi Android 8.0 Oreo’da ishlaydi

  •   Saroy
  •  1064
  •  25.05.2018 13:13

NVIDIA Shield TV o‘yin konsoli endi  Android 8.0 Oreo’da ishlaydi

NVIDIA kompaniyasi o‘zining Shield TV o‘yin konsoli uchun yangilangan Android 8.0 Oreo versiyasini savdoga chiqardi.

O‘QING: Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

Proshivkasiga anchagina yangiliklar kiritilgan. Shield Experience qobig‘ini 7.0 versiyasigacha yangilagan, yangi o‘yinlar va ilovalar qo‘shilgan, shuningdek xavfsizlik patch va tashqi o‘yin kontrollerlar kuchaytirilgan. Masalan,  Xbox yoki PlayStation’dan. Kiritilgan o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxatini kompaniyaning rasmiy saytidan olish mumkin.

Qurilmaning tavsifiga to‘xtaladigan bo‘lsak:  U NVIDIA Shield TV 256-yadroli Maxwell  grafikasi mavjud bo‘lgan, 3 GBli tezkor xotira va 16 GBli ichki xotiraga ega NVIDIA Tegra X1 protsessoriga ega. Bundan tashqari, apparat 128 GB gacha bo‘lgan microSD xotira kartasi bilan qo‘llab-quvvatlangan.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!