OAV bong urmoqda: Janubiy Koreyada iPhone va iPad modellari sotilmaydi

  •   Saroy
  •  598
  •  13.09.2018 11:01

OAV bong urmoqda: Janubiy Koreyada iPhone va iPad modellari sotilmaydi

Janubiy Koreyada patent qonunchiligini buzgani uchun iPhone va iPad’ning ayrim modellari sotuvi ta’qiqlanishi mumkin, deb xabar qiladi 9to5mac. Bunga, Janubiy Koreya Fan va texnika instituti mutaxassislarining tranzistorlar texnologiyasini yaratgani va unga patent ham olgani, ammo ushbu texnologiya Apple texnikalaridagi A seriyali chiplarida ishlatilayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda mamlakat Savdo, sanoat va energetika vazirligi ushbu ma’lumotni tekshirib ko‘rmoqda.  Business Korea nashrining e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, agar ta’qiq joriy qilinsa, ya’ni olmachilarning qurilmalari savdosi Janubiy Koreyada ta’qiqlansa  Apple uchun xunuk ish bo‘ladi. Chunki shunday bo‘lsa, iPhone 8,  iPhone 8 Plus, iPhone X, iPad 9.7 hamda  9.7, 10.5 va 12.9 dyumli  iPad Pro’lar sotuvi to‘xtaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.