Obamaning Twitter'dagi yangi fikri rekord o‘rnatdi

Obamaning Twitter'dagi yangi fikri rekord o‘rnatdi

AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning Twitter tarmog‘idagi navbatdagi fikri shu vaqtga qadar jahon miqyosida e’lon qilingan eng mashhur tvit bo‘ldi. Bunga qadar Barak Obamaning shu yilning yanvar oyida, prezident sifatida xalq bilan xayrlashuv tviti ham millionlab foydalanuvchilar tomonidan ma’qullanib, mashhurligi jihatdan 2-o‘rinda turgan edi. Sobiq davlat rahbarining bu galgi fikri esa avvalgisining muvaffaqiyatini yangiladi.      

2017 yilning 13 avgust kuni e’lon qilingan tvitda Barak Obama Janubiy Afrika Respublikasi prezidentlaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori Nelson Mandelaga nisbat berib, "Biror inson qalbida kimgadir nisbatan terisining rangi, o‘tmishi yoki dini tufayli nafrat bilan dunyoga kelmaydi",— deydi.

"No one is born hating another person because of the color of his skin or his background or his religion..." pic.twitter.com/InZ58zkoAm

— Barack Obama (@BarackObama) 13 avgust 2017 y.

Bu fikr qisqa muddatda  3 million marotaba ma’qullanib, deyarli 1,2 million marotaba ulashilgan.

Shu tarzda Obama ayni paytda Amerika jamiyati oldida turgan muhim masala, ya’ni qullik himoyachilari hamda Konfederatsiya tarafdorlari bo‘lganlarning haykallarini, jumladan general Li haykalini milliy boylik deb qabul qilish kerakmi yoki yo‘q, degan savolga o‘zining munosabatini bildirdi.    

Bu muvaffaqiyat birinchisi emas

Eslatib o‘tamiz, bungacha Barak Obama o‘zining Twitter tarmog‘idagi mikroblogida AQSh prezidenti sifatida e’lon qilgan so‘nggi tviti siyosat bo‘limida eng ko‘p munosabat to‘plagan fkir bo‘lgan: u 730 ming marotabadan ziyod ulashilgan, 1,5 mln Twitter foydalanuvchisi uni ma’qullagan.

O‘shanda Barak Obama shunday deb yozgan: «Hammasi uchun minnatdorman. Mening prezident sifatida sizga so‘nggi murojaatim ham ilk so‘rovim kabidir: mamlakatni o‘zgartiradigan kuch prezident emas, bu -- siz ekaningizga ishoning».

Raqiblar ip esha olmaydi

AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp ham Twitter tarmog‘idan faol foydalanadi. Biroq, uning fikrlari jamoatchilik o‘rtasida ko‘pincha kulgu yoki hayrat uyg‘otadi va u qadar ommalashmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!