Odamning telefonga qaramligi

Odamning telefonga qaramligi

Telefonamaniyani eng yangi va yosh “kasallik” deb aytish mumkin. Axborot asrining salbiy xususiyatlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan mobil aloqa vositalariga qaramlik bugun barchani tashvishga solmoqda. Hozirda gadjetlarga bog‘lanib qolish muammolarini olimlar ham o‘rganishmoqda. Ana shunday tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar Psychonomic Bulletin & Review jurnalida e’lon qilindi.

Betoqatlik va o‘z-o‘zini nazorat qila olmaslik

Mutaxassislar xulosalariga ko‘ra, telefon narkomaniyasiga chalinganlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘rsatkichlari keskin tushib ketadi. Bora-bora bir daqiqa ekranga qaray olmasa, bo‘lmaydigan darajaga yetib kelishi mumkin.

Tadqiqotlar

Feladelfiyadagi Templskiy universiteti professori Henri Uilmer hamkasbi Jeyson Cheyn bilan hamkorlikda  guruhdagi 90 nafar talaba va aspirantlarni kuzatdi. Tanlab olinganlarga uzun savol-javobdan iborat zehnni tekshiruvchi anketani to‘ldirish vazifasi yuklandi. Bundan tashqari ularning oldiga yana bir shart qo‘yildi: bir nech dollarni hozirning o‘zida olish yoki o‘shancha miqdordagi pulni kun ora oz-ozdan olish.

Natijalar

Ekspertlarning o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga ko‘ra, telefonga tobelik narkomaniya singari an’anaviy kasallik toifasiga mansub emas.  Olimlar qatnashchilarning qaror qabul qilish tezligi hamda vaqtiga e’tibor qaratishdi. Ularning aksari besabrlik bilan birdaniga barcha summani olishini ma’lum qilishgan. Mutaxassislar mazkur xulosalar psixologlar uchun o‘ziga xos manbaa bo‘lishiga, gadjetlarga qaramlikni yengib bo‘ladimi-yo‘qmi, uning asl sabab va ildizlari qayerda, degan savollarga javob topishda asqotishi mumkinligiga umid qilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.