“Odnoklassniki” ma’lum muddat ishlamay qoldi

“Odnoklassniki” ma’lum muddat ishlamay qoldi

Seshanba kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i butun dunyoda bir necha soatga ishlamay qoldi. Kirish sahifasida texnik ishlar ketayotganligi to‘g‘risida xabar paydo bo‘ldi. Texnik ishlar yakunlangach, foydalanuvchilar yangiliklar lentasi va ilovadan shikoyat qilishdi. Kech soat 19da muammo bartaraf qilindi va sayt to‘liq funksiyasi bilan ishga tushdi. Ma’muriyat sayt vaqtincha tanaffus qilishi to‘g‘risida biror xabar bermadi.

“Odnoklassniki” jami 200 mlndan ortiq foydalanuvchiga ega, kuniga 40 mlndan ortiq tashriflar kuzatiladi . O‘zbekistonda yoshlar orasida eng ommalashgan ijtimoiy tarmoq sanaladi. Kuniga O‘zbekistondan 1 mlndan ortiq foydalanuvchi tashrif buyuradi.

2013 yilda ham texnik ishlar sabab sayt ikki kunga faoliyatini to‘xtatgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!