Odnoklassniki mobil o‘yin ishlab chiqaruvchilariga 200 mln. rubldan ortiq summani to‘lab beradi

Odnoklassniki mobil o‘yin ishlab chiqaruvchilariga  200 mln. rubldan ortiq summani to‘lab beradi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i platformasida HTML-5 mobil o‘yinlari ishlab chiqaruvchilari daromadlari 2019 yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar oshdi. OK 2019 yilning birinchi besh oyi uchun o‘yin studiyalari va mustaqil ishlab chiqaruvchilarga jami 200 million rubldan ortiq summani to‘lab beradi. O‘z loyihalarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qiluvchi barcha o‘yin ishlab chiqaruvchilari foydalanuvchilarning ichki o‘yin xaridlari uchun revenue share tizimi bo‘yicha o‘yinning umumiy aylanmasi ulushiga ega bo‘ladilar.

O‘QING: Odnoklassniki va VKontakte 1,4 mln. rubllik mukofot fondiga ega musobaqa boshlab yubordi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqning o‘yin auditoriyasi tadqiqotini o‘tkazib, barcha o‘yinlar, shu jumladan mobil va desktop o‘yinlari auditoriyasi 2019 yilning birinchi besh oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga o‘sganligini aniqladi. O‘yinni oyida hech bo‘lmaganda bir marta ishga tushirgan foydalanuvchilar soni 19 millionga yetdi. Ulardan qariyb 10 million nafar o‘yinchilar mobil platformalarni tanladilar.

Jami o‘yinchilarning 46 foizi OKda mobil telefondan foydalanadi, 43 foizi o‘yinning desktop versiyasidan foydalanadi, 11 foizi esa ham desktopdan, ham telefondan foydalanadi.  

Bundan tashqari, OK tadqiqoti ma’lumotlariga ko‘ra, xotin-qizlar ko‘proq o‘yin o‘ynaydilar, ularning o‘yinchilarning umumiy sonidagi ulushi 66 foizni tashkil etadi. Eng ko‘p sonli toifani (barcha xotin-qizlarning 46 foizi) 26-45 yoshlardagi ayollar tashkil etadi. OKda o‘yin o‘ynovchi 34 foiz erkaklarning aksariyatini 26 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etib, ular o‘yin o‘ynovchi barcha erkaklarning 48 foizini tashkil etadi.

Hafta davomida foydalanuvchilar o‘yin o‘ynashi bir maromda bo‘lmaydi — o‘yinlar ko‘p hollarda chorshanba kunlari o‘ynaladi, bonuslar va pullik sovrinlar esa juma kunlari xarid qilinadi. Foydalanuvchilar faqat Odnoklassniki platformasidagi o‘yinlarda o‘rtacha kuniga bir soat vaqt o‘tkazadilar, kalendar oyida esa foydalanuvchi o‘rtacha 22 soat o‘yin o‘ynaydi. Faqat bir kunda foydalanuvchilar ming yillik o‘yin o‘ynab qo‘yadilar.

Odnoklassniki shuningdek o‘yin platformasidagi eng ommabop janrlarni tahlil etdi. Foydalanuvchilar an’anaviy tarzda o‘z yaqinlari va qadrdonlari bilan hissiyotlarni ulashadigan OKda o‘yinlarning ijtimoiy mexanikasi (repostlar, takliflar, musobaqalanish) ularni yanada muvaffaqiyatli qiladi.

Shu tariqa, kazual o‘yinlar, ya’ni jumboqlar, savol-javob o‘yinlari, ashyolarni izlash kvestlari eng viral janr bo‘ldi (ya’ni, do‘stlar takliflari va repostlar sharofati bilan o‘ynalishi miqdori oshgan loyihalar).

OK o‘yin vitrinasida har oyda jami 19ta yangi o‘yinlar, shu jumladan desktop va mobil o‘yinlar paydo bo‘ladi.

Mobil o‘yinlar ijtimoiy tarmoq o‘yin platformasining eng izchil rivojlanib borayotgan yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. OK foydalanuvchilarining aksariyati Android ni afzal ko‘radilar: ularning 86 foizi mazkur platformadan foydalanadilar. Android ning eng ommabop versiyasi Android 8 bo‘lib, undan Android operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar egalarining 29 foizi foydalanadi. iOS foydalanuvchilari umumiy o‘yinchilar sonining 11 foizini tashkil etadi. Mazkur operatsion tizimining eng keng tarqalgan versiyasi iOS 12 bo‘lib, u OKda o‘yin o‘ynovchi Apple smartfonlari egalarining 61 foizida o‘rnatilgan. Foydalanuvchilarning qolgan 3 foizi boshqa platformalarga to‘g‘ri keladi.

OK o‘yin platformasi — ijtimoiy tarmoqni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir, HTML-5 mobil o‘yinlari esa o‘sishning bosh omilidir. To‘liq 2018 yil uchun OK mobil loyihalar ishlab chiqaruvchilariga 300 mln. rubldan ortiq summani to‘lab berdilar, ushbu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 2,7 baravar ko‘pdir. Bunda o‘tgan yili ijtimoiy tarmoq platformasida o‘yinlar ishlab chiqaruvchilariga amalga oshirilgan to‘lovlar jami 3,2 mlrd rubldan oshdi.

O‘QING: Dota 2 bo‘yicha jahon chempionlarini Ilon Mask «sun’iy ong»i tor-mor etdi! (+videolar)