«Odnoklassniki» orqali Rossiyaning «Birinchi» kanalidagi Yangi yil 2018 shousi uchun san’atkorlarni tanlashingiz mumkin

  •   DiMaX
  •  1219
  •  12.10.2017 13:58

«Odnoklassniki» orqali Rossiyaning «Birinchi» kanalidagi Yangi yil 2018 shousi uchun san’atkorlarni tanlashingiz mumkin

Rossiyaning «Birinchi» kanali va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i hamkorlikda hamma xohlovchilarni yangi yil musiqa ro‘yxatini tuzishda qatnashishga chorlagan holda noyob tajribani ishga tushirmoqda.

«Odnoklassniki»da Rossiyaning bosh kanalida bo‘ladigan yangi yil efirida bosh rolni ijro etuvchi san’atkorlarga ovoz berish boshlandi. «Birinchi» kanalning rasmiy sahifasida «Sening Yulduzlaring «Birinchida» ilovasi mavjud, uni mana bu havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin. Uning yordamida foydalanuvchilar 2017 yilning 31 dekabrdan 2018 yilning 1 yanvarga o‘tar kechasi o‘zlari teleekranda ko‘rishni xohlagan uch nafar sevimli san’atkorlarni taqdim etilgan ro‘yxatdan tanlashlari mumkin bo‘ladi. Har bir foydalanuvchi yana ro‘yxatda bo‘lmagan bir san’atkorning ismini ro‘yxatga kiritishi mumkin. Ilovani istalgan qurilmadan, «Odnoklassniki»ning desktop va mobil ko‘rinishlarida, hamda OKning iOS va Android ilovalarida ochish mumkin.

San’atkorlar ro‘yxati ijrochilarning «Odnoklassniki»dagi mashhurligi reytingi asosida yaratilgan. «Top-60»ga qo‘shiqlari OK foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p tinglangan qo‘shiqchilar va guruhlar kiritilgan. Ular orasida yangi yil teleefirlarining doimiy qatnashchilari (Polina Gagarina, Iriina Dubsova va Ani Lorak), hamda yangi san’atkorlar ham bor («Gribi», «Vremya i steklo», Jan Khalib va Mot, IOWA va boshqalar).

Ovoz berish 30 oktyabrga kadar davom etadi va foydalanuvchilar natijalarni onlayn tarzda kuzatishlari mumkin. Yakuniy natijalar hisoblangach, ro‘yxat yetakchilari «Birinchi» kanalning Yangi yil shousini suratga olishga taklif qilinadilar.

Dastlab Yangi yil konserti uchun san’atkorlarini OK foydalanuvchilarining ovoz berishi orqali tanlash taklifini Konstantin Ernst taklif qilgan edi. Bu haqda «Birinchi» kanal bosh direktori «OK aloqada» onlayn-shouning joriy yilning yanvar oyidagi efirida e’lon qilgan edi.

Yuriy Aksyuta, «Birinchi» kanalning musiqa va ko‘ngilochar dasturlarning bosh prodyuseri:

– «Birinchi» kanal Yangi yil kechasi ishtirokchlari uchun ovoz berish – tomashabinlar uchun televizion kontentni shakllantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish vositasidir. Mana besh yildirki, onlayn efirda «Golos» g‘oliblarini aynan tomoshabinlar tanlashmoqda. Bu yaxshi samara berdi. Yangi yil borasida qanday samara beradi – ko‘ramiz. Tajribaning muvaffaqiyatli bo‘lishida hamma manfaatdor.

Anton Fedchin, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ining rahbari:

– «Birinchi» kanal bilan hamkorlikdagi loyiha televizion kontentning ijtimoiy tarmoq bilan integratsiyasi bilan emas, balki foydalanuvchilar ushbu kontentga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyati bilan qiziq. Interaktiv formatlar – foydalanuvchilar kontent bilan e’lon qilinishiga qadar aloqaga kirishi mumkin bo‘lgan, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarning yana bir tutashuv nuqtasidir. Biz «Birinchi» kanal ushbu trendga amal qilgan holda birinchi bora san’atkorlar tanlovida aynan OK foydalanuvchilariga ishonib topshirdi.

«Odnoklassniki» matbuot xizmati.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!