Oktyabrdagi taqdimotdan oldin UI'da muammo! (+video)

Oktyabrdagi taqdimotdan oldin UI'da muammo! (+video)

Pixel smartfonlari foydalanuvchilarining bir qanchasi o‘z qurilmalaridagi autentifikatsiya jarayonidan o‘ta olmayotgani, har safar blok ekranni ochish uchun PIN kodni kiritganlarida, displeyda yana blok ekrani ochilib qolayotgani haqida xabar bermoqda.

Ilk marotaba bir oy oldin Pixel Phone Yordam forumida xabari berilgan ushbu muammo, asosan, Pixel XL qurilmalarida sodir bo‘layotgan ko‘rinadi. Lekin Pixel, Pixel 2 va Pixel 3 seriya smartfonlarida ham ushbu muammo yuzaga kelayotgani haqida xabarlar ham yo‘q emas. Mahsulot bo‘yicha mutaxassislar foydalanuvchilarga ushbu muammoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google'ga yetkazish yoki telefonni proshivka qilishni maslahat bermoqda.

Muammo haqida xabar berganlarning barchasi xavfsizlik vositasi sifatida (ham Android 9, ham Android 10'da) PIN koddan foydalanishgan. To‘g‘ri kod yozilib, "Kirish" tugmasi bosilsa, ekran qorayib qolmoqda. Qurilma o‘chirib-yoqilib, tizim qayta yuklanganda ham ahvol o‘sha-o‘sha. Agar autentifikatsiya uchun barmoq izi ma’lumotidan foydalanilsa, bunday muammoga duch kelinmaydi, lekin baribir, telefonni o‘chirib-yoqqandan so‘ng, blok ekranni PIN kod usuli orqaligina ochish mumkin bo‘ladi.

Bir foydalanuvchi tizim UI'idagi ushbu xatolikni chetlab o‘ta olgan. U buni favqulodda qo‘ng‘iroq tugmasini bosib, ovoz parametrlari sub-menyusiga kirib, qurilmaga yangi foydalanuvchi qo‘shish bilan amallagan. Yana boshqa Pixel egasi bo‘lsa Sozlamalar sahifasiga kira olgan, boshqa sahifalar esa ochilmagan.

Agar siz ham Pixel ishlatsangiz, lekin sizda yuqoridagi muammo hozircha bo‘lmasa ham, Pixel kod bilan blokirovkadan chiqarish o‘rniga, vaqtinchalik parol yoki chizma orqali autentifikatsiya qilish usulidan foydalanishingizni maslahat beramiz. Ushbu xatolik sizning qurilmaningizga ham ta’sir qilishidan oldin, muammoni aloqa sahifasi orqali Google'ga yetkazing.

O‘QING: Google Pixel 4 va 4 XL'larning taqdimot sanasi rasman ma’lum qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!