Olimlar adashibdi: Yerda hayot qachon paydo bo‘lgani haqida yangi versiya?

  •   Saroy
  •  4966
  •  30.08.2018 14:07

Olimlar adashibdi: Yerda hayot qachon paydo bo‘lgani haqida yangi versiya?

Matematik modellashtirish va genetik tahlil natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirda mavjud organizmlarning eng birinchi ajdodi avval umum qabul qilingan davrdan ham 100 millioncha yil avval paydo bo‘lgan ekan.

Umum qabul qilingan farazlarga ko‘ra, Yerda hayot taxminan 4 milliard yil avval paydo bo‘lgan. Bu sayyoramizning ketma-ket meteoritli-asteroidli bombordirovka qilinishi natijasida sodir bo‘lgan. Hisoblanishicha, bunday tabiiy ofatdan keyin  o‘sha vaqtda hayot bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha tirik organizm  halok bo‘lgan. Mavjud bo‘lgan bor suv bug‘lanib ketgan va hayot nishonasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyning o‘zi qolmagan.

O‘QING:NASA istasangiz sizga koinotda selfi qilish imkonini beradi

Ammo Bristol Universitet  biologlari ta’kidlashicha, aslida bunday emas.  Genetik tahlil va matematik modellashtirish xulosalariga ko‘ra, oxirgi universal umum ajdodlar (hozirgi sayyoramizda yashayotgan tirik organizmlar tarqalgan qandaydir organizmlarning populyasiyasi) bombardimongacha bor bo‘lgan va qandaydir yo‘l bilan ushbu ofatdan tirik chiqqan.

Yerda qachon hayot boshlanganini bilish uchun, olimlar  «molekulyarli soatlar»dan foydalanishdi. Uning ma’nisi shuki, DNKdagi o‘zgarishlar doimiy tezlikda yig‘iladi. Ularning paydo bo‘lishini kuzatib, tirik jonning paydo bo‘lish tarixini ko‘rib chiqsa hamda ularning ajdodini topsa bo‘ladi. Masalan, inson va ichak tayoqchalari. Biologlarning ta’kidlashicha, Bakteriyalar va arxey (bakteriyali klitkalardan farq qiladigan yadrosiz birklitkalilar)  hamma qabul qilgan vaqtdan 100 million yil avval mavjud bo‘lgan va o‘sha tarixiy falokatgacha ham bor bo‘lgan.

O‘QING:Oyga ikkita meteorit tushdi: kattaligi aytilmoqda

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.