Olimlar geofizik anomaliyani tushuntirib berdilar

  •   Saroy
  •  544
  •  04.10.2018 17:57

Olimlar geofizik anomaliyani tushuntirib berdilar

Boulderdagi Kolorado Universiteti olimlari plitalar stagnatsiyasi fenomenini tushuntirib berishning uddasidan chiqdilar.

Geofiziklar  Vey Mao va  Shitsze Chjunlar litosfera plitalarining okean-kontinental to‘qnashuvi chog‘idagi g‘alati hodisaning sababini aniqladilar. Ushbu fenomen plitalar stognatsiyasi degan nom oldi: ajralib chiqqan qobiq parchalari yer mantiyasiga yuzlab kilometrlarga cho‘kib boradi va keyin hech bir sababsiz qo‘qqisdan to‘xtaydi.

Yerning mantiyasi ulkan miqdorda issiqliq haydaydi. Eng issiq  jismlar vaqti-vaqti bilan tepaga ko‘tariladi, sovuqlari esa mantiyaga cho‘kib ketadi. Ushbu uzluksiz jarayon yer sharini sovutadi. Vey Mao va Shitsze Chjunlar ushbu jarayonni barcha tektonik jarayonlarni harakatga keltiruvchi dvigatelli konveksiyasi bilan tenglashtirdi, ya’ni vulqon otilishi, zilzilalar, litosferali plitalar harakati hamda tog‘larning shakllanishi shular jumlasiga kiradi.

O‘QING:Yer Quyoshga maksimal darajada yaqinlashadi

Ayrim joylarda «yer dvigateli» xuddi  erib stagnatsion plitalar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Bunday plitalar aksariyat hollarda Tinch Okeanining g‘arbiy qismida, Yaponiya sohillarida va Mariansk tarnovlarida uchraydi. Ular subduksiya hududida paydo bo‘ladi, bu yerda yer qobig‘ining bir bloki boshqasining ustiga chiqib mantiyaning tubiga cho‘kib ketadi. Stagnatsion plitalar taxminan mantiyaning ustki va pastki  chegarasida to‘xtaydi va gorizont holda joylashadi.

Chjun va Mao  kompyuterli modellashtirishni amalga oshirdilar. Maqsad plitalarning shunday holatlarini tushunishdan iborat  edi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, stagnatsion plitalar unchalik zich bo‘lmagan ikki tomondan mantey qisib qolgan jismlar qatlamlarida sirpanib yuradi. Ushbu material “yer dvigatelini” moylab turadi.

O‘QING:6 iyul kuni Yer Quyoshdan maksimal darajada uzoqlashadi

 

 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!