Olimlar: Internet va noutbuklar o‘qishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Olimlar: Internet va noutbuklar o‘qishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Internetga kirish imkoni mavjud bo‘lgan kompyuterlar Amerika universitetlaridagi talabalarning o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. Bu borada o‘tkazilgan tajribada hatto eng aqlli talabalar ham yomon natija ko‘rsatishdi. Psychological Science jurnalida chop etilgan maqolada shu haqida so‘z yuritildi.

Michigan shtati universitetida faoliyat yurituvchi Syuzan Ravitssa va uning hamkasblari maqola mualliflari o‘tkazgan psixologiya kurslariga qatnagan yuzlab talabalarning o‘qishini kuzatib, ana shunday xulosaga kelishdi. Olimlarning ta’kidlashicha, talabalar tajribada ishtirok etishga o‘zlari rozilik berishgan va ularning onlayn-faolliklari nazorat ostida bo‘lishini bilishgan.

Olimlar talabalarning bir qismiga kompyuter va tarmoqlardan foydalanishga ruxsat berishgan. Boshqalari esa vaqtinchalik bunday imkoniyatdan mahrum qilingan. Ba’zi ishtirokchilar esa faqat bilim olish maqsadida internetdan foydalangan.

15 ma’ruzadan iborat kurs oxirida Ravitssa talabalar orasida blits-test o‘tkazgan. Ushbu tajriba natijalari kutilganidek bo‘lib chiqqan – yakuniy nazorat ishida kompyuterdan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan talabalar bunday imkondan mahrum bo‘lgan talabalarga qaraganda yomon baho olishgan.

Shunisi qiziq-ki, noutbuklardan bilim olish maqsadida foydalanish talabalarga hech qanday yordam bermagan – ularning natijasi “kompyuterli” guruh natijasi bilan deyarli bir xil bo‘lgan. Olimning so‘zlariga ko‘ra, ma’ruzani qo‘lda yozish talabalarni boshqa narsaga  chalg‘imasdan, ma’lumotlarni yaxshi eslab qolishga yordam bergan.

Manba: Kun.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.