Olimlar kvant fizikasida yangi sahifa ochdilar

  •   Saroy
  •  1404
  •  18.08.2018 11:15

Olimlar  kvant fizikasida yangi sahifa ochdilar

Fiziklar Geliy atomining hajmini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Gollandiyalik olimlar amalga oshirgan eksperiment Standartli modellar uchun juda muhim. Mazkur konsepsiya koinotdagi jami elementar zarralar o‘rtasidagi bog‘liqlikni  tushunishga yordam beradi.  Standart modelda hali ko‘p tushunmavchiliklar bor va bu kabi tajribalar ularni bartaraf qilishda asqotadi, deyiladi mazkur xabarda.

O‘QING:Putin kelajakda jahonda qaysi davlat hukmronlik qilishini aytdi

Eksperiment uchun ultrasovuq gaz va o‘ta aniq lazer kerak bo‘ldi. Ular yordamida yadro diametrini aniqlaydigan o‘zgaruvchanlik jarayonidagi energiya o‘zgarishlarini qayd etishga muvaffaq bo‘lindi. Bunday tajribalar anchadan buyon o‘tkazib kelinadi, lekin sezilarli siljishlar qayd etilmayotgan edi, shu bois gollandiyalik olimlarning erishgan yutuqlari bu yo‘nalishda katta inqilob bo‘ldi, deyilmoqda.

«Bu kvant fizikasi uchun ulkan yutuq. U tufayli biz nafaqat atom, balki vaqt va makon haqidagi bilimimizni ham kengaytiramiz», — deydi Oklend universiteti tadqiqotchisi Maarten Xugerland.

O‘QING:Kasperskiy insoniyatni jiddiy xavfdan ogohlantirdi