Olimlar Oy yuzasida muz borligini isbotlashdi

  •   Saroy
  •  896
  •  22.08.2018 12:49

Olimlar Oy yuzasida muz borligini isbotlashdi

Olimlar qat’iy ravishda Oy yuzasida suvli muz bor, degan qarorga kelishdi. Muz Oyning eng zimiston va sovuq hududlarida topildi, deyiladi NASA saytida.

«Muzning katta qismi Oyning qutbga yaqin kraterlar soyasida topilgan. U yerda harorat  Silsiy bo‘yicha -156,5 daraja atrofida. Ushbu hududga Quyosh nuri hech qachon tushmaydi, chunki Oy aylanayotganda o‘z o‘qi atrofida biroz egilib aylanadi», — deyiladi xabarda.

Olimlar jamoasiga  Shuay Li rahbarlik qilmoqda. U Gavayidagi Braunovsk universitetida ishlaydi. Jamoaga shuningdek, Kaliforniyaning silikon vodiysida joylashgan Eyms tadqiqot markazi xodimi Richard Elfik ham qo‘shilgan. Olimlar NASA ga tegishli Oy mineral kartografi M3 (Moon Mineralogy Mapper) dan foydalanishdi. Natijada ular Oy yuzasida suvli muz borligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.

O‘QING:Oyga ikkita meteorit tushdi: kattaligi aytilmoqda

Xabarda aytilishicha,  M3 uskunasi 2008 yilda Hindiston koinotni tadqiq qilish tashkiloti (ISRO) ning «Chandrayan-1» sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan (ISRO) edi. Uning asosiy maqsadi Oy yuzasida muz bor yoki yo‘qligini aniqlash bo‘lgan. Apparat muz borligi, uning o‘ziga xos jihatlari, muz molekulasi infraqizil nurlarni qanday qilib yutayotgani haqida ma’lumot yig‘ish kerak bo‘lgan.

2009 yilda NASA 1970 yilda amalga oshirilgan  «Apollon» missiyasi natijasida  Oy yuzasida suv nomunalari topilgani haqida bayonot bergandi. O‘shanda olimlar Oyning yuza qismidagi bir tonna tuproq tarkibida 946 millilitr suv bo‘lishi mumkin, degan fikrni ilgari surishdi. Keyinroq tadqiqotchilar suv shu joyning o‘ziga xosligini isbotlaydigan dalillar mavjudligini ma’lum qilishdi.

O‘QING:XXI asrning eng uzoq davom etadigan oy tutilishi