Olimlar telefonni o‘rindan uzoqroq tutishni tavsiya qilishmoqda

Olimlar telefonni o‘rindan uzoqroq tutishni tavsiya qilishmoqda

Biz avval ham bir qator maqola va xabarlarimizda smartfonlarning inson salomatligi va uyqu tizimiga zarari xususida yozgan edik. Jumladan, “Tadqiqot: smartfonlarni yotoqxonadan uzoqroq tuting!“, “Ehtiyot bo‘ling: SMARTFON” maqolalari ko‘pchilikning diqqatiga tushgan edi.

Amerikalik olimlar uyqu vaqtida yoqiq telefonning salbiy asoratlaridan ogohlantirishdi. Tadqiqotchilar tunda telefonni imkon qadar karovatdan uzoqda saqlashni tavsiya qilishdi. “Ortodoks” tibbiy portali shu haqida ma’lumot berdi, deydi kun.uz nashri.

Mutaxassislarning fikricha, sog‘lom uyqu va insonning tush ko‘rishi uchun mas’ul melatonin gormoni atrof-muhitga o‘ta ta’sirli bo‘lar ekan. Ayniqsa gadjetlardan taralayotgan nurlarga. Ular odatiy reflektor bog‘liqlik – tun-uyqu tizimini buzadi va insonning uyqusizlikdan aziyat chekishiga sabab bo‘ladi.

Tungi dahshatli tushlar, shuningdek ertalabki asabiylashish va ruhiy tushkunlik holati ham telefon tufaylidir. Devayslarning organizmga uzoq vaqt davomida ta’sir qilishi juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashlaricha, inson kamida yetti soat uxlasagina yuqori ishchanlik natijalarini ko‘rsata oladi. Uyqu soatlarining kamayishi esa insonning immun tizimi buzilishiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ishtaha yo‘qoladi, ruhiy kasalliklar shakllanadi. Organizmning  qarish jarayoni tezlashadi, o‘z-o‘zini vayron qilish mexanizmi ishga tushadi.