Olimpiada 2020 uchun medallar elektron chiqindilardan tayyorlanadi

Olimpiada 2020 uchun medallar elektron chiqindilardan tayyorlanadi

2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlari g‘oliblariga topshiriladigan medallar kompyuter platasi va boshqa shu kabi elektron chiqindilardan tayyorlanadi.

Olimpiada tashkilotchilari elektron plata va boshqa detallarni qayta ishlaydigan kompaniyalar bilan tez orada shartnoma tuzishni rejalashtirgan. Qayta ishlash natijasida olingan oltin, kumush va mis metallaridan olimpiada medallari tayyorlanadi.

Bunday qaror, shubhasiz, juda o‘rinli. Negaki bir tomondan Yaponiyada qimmatbaho yer osti boyliklari bo‘lmasa, ikkinchi tomondan mamlakatda eski elektron chiqindilar keragidan ortiq. Shuning uchun mazkur marosimga ham medallarni ushbu chiqindilardan tayyorlash maqsadga muvofiq. Albatta, medallarni hozirlash uchun tonnalab elektron chiqitlarni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Ammo yaponlarni ishdan qochganini hech ko‘rganmisiz!? Ustiga-ustak o‘yinlarning boshlanishiga  yana 4 yil bor.