Sof oltin korpusli OnePlus 5 o‘rta narxda taqdim qilindi!

Sof oltin korpusli OnePlus 5 o‘rta narxda taqdim qilindi!

So‘nggi vaqtlarda smartfon sanoatining yosh brendlari ham mobil telefonlarini qimmatbaho metalli elementlar bilan ishlab chiqarishdan hayiqishmayapti. Jumladan, bir muddat avval Xiaomi kompaniyasi mi6 flagmanining kamera hoshiyasini tilla metall bilan o‘rab olgan bo‘lsa, bu gal OnePlus kompaniyasi yaqinda taqdim qilingan OnePlus 5 flagmanining oltin korpusli talqinini cheklangan nusxada namoyish qildi. 

Ishlab chiqaruvchining maqtanishicha, tilla korpusni ishlab chiqarish uchun 180 kun mobaynida sayqallash ishlari olib borilgan.  

Texnik jihatdan esa "zar smartfon" 6 gigabaytli tezkor va 64 GB doimiy xotira, 5.5 dyuymli Optic AMOLED matritsali FHD ekran, 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori va Adreno 540 video-kartasi, 3,300 mA soat tok sig‘imiga ega va tezkor quvvat oluvchi akkumulyator, 16 + 20 megapikselli sensorlar birikuvidan iborat bosh kamera, 16 MP old kamera, Android 7.1 Nougat'ning Oxygen OS tizimi bilan ta’minlangan.

Bu galgi "tilla korpus" Soft Gold OnePlus 3 kabi, oltin rangda tovlanmaydi. U yorug‘lik ostida kumush rang talqinga o‘xshab qoladi. Shunday bo‘lsa ham, bosh kamera hoshiyasi, quvvatlash porti, orqa paneldagi logotipga zarhal bilan ishlov berilgani flagmanga serhashamlik bag‘ishlaydi.  

OnePlus 5'ning Soft Gold Variant nusxasi 7 avgust kuni $479 dollardan sotuvga chiqarildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!