Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (11-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (11-hafta)

Ortda qolgan haftada yangi Galaxy A smartfonlarining taqdim qilinishi texnoolamdagi eng katta voqea bo‘ldi. Bu bilan, Samsung bizning chartda yetakchilikni qo‘lga oldi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro birinchi o‘rinni hech kimga bermagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Galaxy A52 5G va A72'lar egalladi.

Redmi Note 10 to‘rtinchi o‘rin bilan chegaralangan bo‘lsa, standart Galaxy A52 qoq markazni band etdi.

Samsung'ning hozirdagi eng kuchli flagmanlaridan S21 Ultra 5G oltinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirdi. Yettinchi o‘rin esa Redmi Note 10 Pro Max'ga tegdi.

Navbatdagi ikki o‘rin Samsung'ning A32 va A12 smartfonlariga nasib qildi.

Chartimizga Xiaomi Mi 10S yakun yasab berdi. Shunday qilib, Asus ROG 5 va Oppo Find X3 Pro'lar bu gal ko‘rinish bermadi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan o‘n birinchi haftadagi reytingimizni Samsung'ning 6 ta va Xiaomi'ning 4 ta qurilmasi tuzib berdi.

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy A52
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Xiaomi Redmi Note 10 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A32
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi 10S
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (10-hafta)