Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (12-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (12-hafta)

Ortda qolgan haftada o‘ndan ortiq smartfon taqdim qilindi. Shu sababdan, bizning chartimizda tub burilishlar sodir bo‘lgani hayratlanarli hol emas.

Poco F3 bu gal yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinni Redmi Note 10 Pro band etmoqda. Top uchlik OnePlus 9 Pro bilan yopildi.

Poco X3 Pro to‘rtinchilik bilan kifoyalangan bo‘lsa, OnePlus 9R top beshlikning eng so‘nggi vakili bo‘ldi.

Samsung Galaxy A52 5G oltinchilikni hech kimga bermadi, yettinchi o‘rinni esa OnePlus 9 egalladi.

Galaxy A72, Redmi Note 10'lar esa mos ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni band etdi. Chartimizga realme 8 Pro yakun yasab berdi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan o‘n ikkinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 4 ta, OnePlus'ning 3 ta, Samsung'ning 2 ta va realme'ning 1 ta smartfonidan iborat bo‘ldi.

Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
OnePlus 9 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
OnePlus 9R
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
OnePlus 9
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
realme 8 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (11-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.