Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (23 hafta)

Ushbu haftada reytingda bir necha qiziqarli o‘zgarishlar kuzatildi. Galaxy S22 Ultra reytingda yetakchilikni qo‘lga oldi. Smartfon oxirgi marta fevral oyida birinchi pog‘onaga chiqqan edi. 

Redmi Note 11 smartfoni ikkinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Galaxy A53 modeli yakunlab berdi. 

O‘tgan hafta birinchi o‘rinni egallagan Redmi Note 11T Pro+ esa bu haftada to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. iPhone 13 Pro Max esa o‘zining beshinchi pog‘onasini saqlab qoldi. 

Yangi realme Neo 3T smartfoni oltinchi o‘rinni band etdi. Undan keyingi ikki o‘rin esa mos ravishda Galaxy A13 va A73 qurilmlariga nasib etdi. 

Oxirgi ikki o‘ringa esa eski iPhone XR va iPhone X modellari joylashdi. So‘nggi ikki hafta ichida eski iPhone modellariga bo‘lgan qiziqish o‘rtgan. 

Ushbu haftada Tecno Spark 9 Pro va Honor 70 Pro+ smartfonlari top o‘ntalikni tark etdi. 

Samsung Galaxy S22 Ultra 5G

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi: 2  

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi: 3 

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi: 4 

Xiaomi Redmi Note 11T Pro+

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi: 1  

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi: 5 

realme GT Neo 3T

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan   

Samsung Galaxy A13

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi: 7 

Samsung Galaxy A73 5G

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi: 6 

Apple iPhone XR

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi: 10 

Apple iPhone X

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan  

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (22 hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!