Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (25 hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (25 hafta)

Taqdim etilmaganiga qaramay Poco F4 va X4 GT smartfonlari o‘tgan haftada top o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bir necha kun oldin ikki smartfon rasman taqdim etildi. Bu esa qurilmalarning reytingda o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishiga sababchi bo‘lmadi.

Rasmiy tizerlari e’lon qilinganidan so‘ng Nothing Phone (1) smartfoniga qiziqish ancha oshdi. Qurilma birdan reytingda yetakchi bo‘lib oldi. Poco F4 modeli bu haftada ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka Galaxy S22 Ultra yakun yasadi. 

Galaxy A53 va Poco X4 GT smartfonlari to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda qolishdi. Redmi Note 11 oltinchi o‘ringa tushib ketdi. iPhone 13 Pro Max ham bir pog‘ona pastlab yettinchi o‘ringa joylashdi. 

Undan keyingi ikki o‘rinni ikkita Samsung smartfonlari - Galaxy A13 va A73 modellari band etdi. Reytingni esa iPhone XR smartfoni yakunlab berdi. 

Reytingni Redmi Note 11T Pro+ qurilmasi tark etdi. 

Nothing Phone (1)

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Poco F4

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy S22 Ultra 

: Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy A53 5G

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Poco X4 GT

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Xiaomi Redmi Note 11

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Apple iPhone 13 Pro Max

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Samsung Galaxy A13

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Samsung Galaxy A73 5G

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Apple iPhone XR 

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (24-hafta) 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!