Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (6-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (6-hafta)

Samsung Galaxy S21 Ultra'ning to‘rt haftalik yetakchiligidan so‘ng ro‘yxatning boshida o‘zgarish yuz berdi. Xiaomi Mi 11 birinchilikni Galaxy S21 Ultra'dan tortib oldi.

Galaxy A12 uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, avvalgi hafta ayni o‘rinni egallagan Poco M3 to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi.

Redmi Note 9 Pro ketma-ket ikkinchi hafta beshinchi o‘rinni egallamoqda. iPhone 12 Pro Max oltinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarga mos ravishda Galaxy A51 hamda Poco X3 NFC'lar band etgan.

Galaxy S21 reytingimizda pastlashda davom etmoqda. Hozirda smartfon to‘qqizinchilikni egallab turibdi.

Samsung Galaxy A71 chartning so‘nggi o‘rniga joylashgan va bu bilan reytingda Samsung'ning beshta smartfoni o‘rin olgan.

To‘rtta smartfon Xiaomi kompaniyasiga tegishli bo‘lsa, qolgan bir nafari Apple gadjeti hisoblanadi.

O‘tgan haftada so‘nggi o‘rinni olgan realme X7 Pro, bu hafta ro‘yxatdan o‘rin olmadi.

 

Xiaomi Mi 11

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Samsung Galaxy A12

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Poco M3

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Xiaomi Redmi Note 9 Pro

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Apple iPhone 12 Pro Max

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Samsung Galaxy A51

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Xiaomi Poco X3 NFC

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Samsung Galaxy S21 5G

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Samsung Galaxy A71

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (5-hafta)