Onda ikkita operatsion tizimda ishlaydigan planshet chiqardi

Onda ikkita operatsion tizimda ishlaydigan planshet chiqardi

Onda kompaniyasi V10 markasidagi 10,1 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan gibrid planshetni namoyish qildi, deb xabar bermoqda 3D News.

Planshetga ikkita 64-bitli Cortex-A72 va Cortex-A53 chiplaridan tashkil topgan MediaTek MT8173 protsessori o‘rnatilgan. Takt chastotasi 2,0 GGs. Grafikani magination PowerVR GX6250 kontrolleri orqali qayta ishlanadi, operativ xotira sig‘imi – 4 GB, unda Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.0 interfeyslari, GPS, 8/2 MPli kameralar ko‘zda tutilgan.

Qurilmaning doimiy xotirasi 64 GB. microSD uchun qo‘shimcha slot mavjud. Batareyasining sig‘imi – 6600 mA/soatdan iborat.

Planshet Android 6.0 va Phoenix OS platformalarida ishlay oladi. Identifikatsiya uchun markaziy tugmaga sozlangan daktiloskopik sensor javob beradi. Qurilmaning narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.